20.05.2020 yildan boşlab Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan tomorqa yer uçastkalari samaradorligini oşirişni hamda qişloq xöjaligi kooperativlari a'zoligiga badal tölaş uçun subsidiyalar ajratiladi.
Norma’ning yozişiça, subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
1) aholi bandligiga kömaklaşiş markazi, yetkazib beruvçi taşkilotlar va tomorqa yer egalari örtasida tuzilgan uç tomonlama şartnomalar asosida:
• yengil konstruksiyali issiqxonalar örnatiş uçun – 30 BHMgaça;
• suğoriş vositalari xarid qiliş uçun – 10 BHMgaça;
• uruğliklar va köçatlar sotib oliş uçun – 3 BHMgaça;
2) qişloq xöjaligi kooperativlari ustav fondiga uluş sifatida kiritişi uçun – 10 BHMgaça.
Bunda quyidagilar belgilandi:
• qişloq xöjaligi kooperativlari baliqçilik, quyonçilik, parrandaçilik, asalariçilik, meva-sabzavotçilik, uzumçilik, tikuvçilik, hunarmandçilik va boşqa ilğor sohalarda taşkil etiladi;
• qişloq xöjaligi kooperativlariga işsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari, taşqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan şaxslar hamda kooperativ faoliyati yönalişi böyiça tajribaga ega yetakçi tadbirkorlar birlaştiriladi.
Subsidiyalar ajratiş Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq boşqa maqsadlar uçun subsidiyalar va grantlar ajratiş tartibini saqlab qolgan holda amalga oşiriladi.
Hujjat 19.05.2020 yildan kuçga kirdi.












