UYeFA Çempionlar Ligasi 1/8 finalidan örin olgan «Liverpul» hamda «Atletiko» jamoalari örtasidagi öyin 41 kişining koronavirusdan ölimiga olib kelgan. Bu haqda Britaniyaning Sunday Times naşri yozmoqda.

11 mart kuni Liverpulda ötkazilgan bu öyinda 52 mingdan köproq muxlis qatnaşgan va ularning 3 ming nafari Ispaniyadan kelgan «Atletiko» muxlislari bölgan. Sunday Times Britaniya soğliqni saqlaş vazirligidagi manbasiga asoslanib xabar berişiça, öyinda qatnaşganlar va ular orqali koronavirus yuqtirganlarning 41 nafari vafot etgan.

London imperial kolleji va Oksford universiteti tekşiruvlarga köra, «Liverpul» – «Atletiko» öyini ötkazilgan vaqtda Ispaniyada allaqaçon 640 mingdan köproq odam koronavirus yuqtirib bölgan. Britaniyada esa u vaqtda 100 mingdan köproq odam infeksiyani yuqtirib ulgurgan (test ötkazilmagan odamlarda ham virus bölişi hisobga olingan holda şunday raqamlar keltirilgan – tarj.).

Liverpul şahar meri Stiv Rouzeramning aytişiça, «Liverpul» – «Atletiko» öyini ötkazilmasligi kerak bölgan. Bu uçraşuv Britaniyada futbol musobaqalari töxtatilişidan avval ötkazilgan eng oxirgi öyin bölgandi. Unda 3:2 hisobida ğalab qozongan «Atletiko» ikki öyin natijasiga köra 4:2 hisobida ğolib bölib, çorak finalga çiqqan. Ma'lumot uçun, «Liverpul» Çempionlar Ligasining amaldagi ğolibi hisoblanadi.

Mart oyida Çeltenhemda ötkazilgan ot poygasi musobaqalari ham koronavirus tarqalişiga sabab bölgan. Poygalarda 250 mingdan köproq odam iştirok etgan va ular Britaniyada sport musobaqalarini ötkaziş xavfsiz deb topilgani uçun taşkillaştirilgan. Sunday Times`ga köra, Çeltenhemdagi ot poygalari keyinçalik 37 kişining koronavirus yuqtirib vafot etişiga sabab bölgan.

Ayni damda Britaniyada 260 mingdan odamda koronavirus aniqlangan. Kasallik 37 mingga yaqin britaniyalikning ölimiga sabab bölgan. Mamlakat boş vaziri Boris Jonson ham koronavirus yuqtirib, davolanib çiqqandi.