«2020 yil 25 may soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lum qilinişiça, yangi kasallaniş holatlarining 4tasi Qoraqalpoğiston Respublikasida aniqlanib, xorijdan kelgan 3 nafar xalqaro yuk taşuvçi avtomobil haydovçisiga (ulardan 2 nafari ukrainalik) va çegara bojxona posti xodimlaridan 1 nafariga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
5 holat esa Samarqand viloyatida qayd etilgan. Yangi bemorlarning 4 nafari kasallikka çalinganlar bilan muloqotda bölib yuqtirgan, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan. Hozirda epidemiologik suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Yana 1 nafar Toşkent viloyatida çegara bojxona posti xodimida aniqlangan.
Qolgan 6 holat karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
- 24 may kuni Özbekistonda jami 49ta yangi zararlaniş holati qayd etildi va 33 bemor tuzaldi.
- Şu vaqtgaça 2565 kişi soğaygan, ayni vaqtda şifoxonalarda 602 bemor davolanmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli oğir.












