Boş vazir bu haqda matbuot anjumanda xabar qilgan.      

Jonsonning ta'kidlaşiça, kasallikdan keyin u birinçi marta közoynakdan foydalanişiga töğri kelgan. Jonson közi xiralaşganini koronavirus bilan boğlamoqda. 

Britaniya boş vaziri 27 mart kuni koronavirusga çalingani va şu sababli karantinga ketganini ma'lum qilgan. Öşa vaqtda unda kasallikning yengil alomatlari paydo bölgan va boş vazir masofadan turib işlaşni davom ettirgan. 

Biroq Jonsonning tana harorati tuşmagaç va yötali ötmagaç, şifokor tavsiyasiga köra u 5 aprelda şifoxonaga joylaştirilgan. Bir kun ötib Jonsonning ahvoli yomonlaşgani va intensiv davolaş bölimiga ötkazilgani ma'lum qilingan.

12 aprelda boş vazir şifoxonadan çiqarilgan, 27 aprelda esa öz vazifalarini bajarişga qaytgan. Bu vaqt davomida hukumatda uning örnini taşqi işlar vaziri Dominik Raab egallab turgan.