Bu haqda brifingda JSSTning soğliqni saqlaş sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan gapirib ötdi.
Jurnalistlar undan koronavirus pandemiyasining “ikkinçi tölqini” yuz berişi ehtimoli hali ham saqlanib qolayotgani-yöqligi haqida söraşgan.
“Fikrimça, hammasi dunyoning qay qismida joylaşganingizga boğliq böladi. Hozir biz pandemiyaning ikkinçi tölqinida emasmiz. Agar Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va boşqa davlatlardagi ma'lumotlarga nazar taşlasak, biz birinçi tölqinni boşdan ötkazmoqdamiz. Biz hamon kasallik yuqorilayotgan bosqiçdamiz”, deb javob qilgan Rayan.
Uning tuşuntirişiça, mutaxassislar “ikkinçi tölqin” deganda birinçi tölqinda kasallanişlar soni nisbatan past darajagaça qisqarib, biroq bir neça oydan keyin u yana özini namoyon qiladigan vaziyatni közda tutişadi.
Rayanning aytişiça, bunday vaziyat bir neça oydan keyin köplab davlatlar uçun haqiqatga aylanişi mumkin. Uning fikriça, koronavirusga çalinişlar soni istalgan daqiqada “keskin oşib ketişi mumkin”.
“Biz taxminlarga yöl qöya olmaymiz. Bizda ikkinçi tölqinga tayyorlanişga bir neça oy böladi. Bu tölqinda kasallikning ikkinçi avj olişi bölişi mumkin”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.


















