28 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikramov Saudiya Arabistonining Özbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Hişam ibn Mişal bin Suvaylim Ol Suvaylim bilan uçraşuv ötkazdi.
Ikramov Özbekiston tomoni Saudiya Arabistoni Podşohligi bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlik örnatişga katta e'tibor qaratilganligini ta'kidlab, davlatlar örtasidagi siyosiy-huquqiy va madaniy aloqalar nafaqat bugungi kunda balki tarixdan çuqur ildiz olganligi haqida gapirib ötgan.
Muzraf Ikromov Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Saudiya Arabistoni Podşohligi Adliya vazirligi örtasida imzolanişi rejalaştirilgan anglaşuv Memorandumi haqida gapirib ötdi.
Jumladan, uşbu Memorandum kelajakda ikki mamlakatning huquqiy sohasidagi özaro hamkorligini yangi bosqiçga olib çiqişiga, ikki mamlakat adliya vazirliklari örtasidagi hamdöstlik aloqalarini örnatilişiga huquqiy asos bölib xizmat qilişi ta'kidlandi.
Öz navbatida elçi Hişam Ol Suvaylim taşkil etilgan uçraşuv yuzasidan öz minnatdorçiligini bildirib, Saudiya Arabistoni Özbekiston Respublikasi bilan barça sohalarda hamkorlik qilişga tayyor ekanligini ta'kidladi. Bunga yaqqol misol sifatida Adliya vaziri tomonidan ta'kidlangan ikki davlat adliya vazirliklari örtasida örnatilgan hamkorlikni keltiriş mumkin deb gapirib ötdi.
Elçi Özbekiston Respublikasi Saudiya Arabistoni Podşohligining eng yaqin hamkori ekanligini ta'kidlab, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaş böyiça olib borayotgan islohotlari Saudiya Arabistoni tomonidan qöllab-quvvatlanişini bildirib ötdi.








