«2020 yil 26 may soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3261 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi aniqlangan kasallaniş holatlarining barçasi xorijdan kelgan fuqarolar bölib, ulardan 44 nafari Rossiyadan (Qozoğiston orqali) yurtimizga kirib kelgan va karantinga olingan. Qolgan 2 nafari çegara post orqali Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölib, 1 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 1 nafari Toşkent viloyatiga kirib kelgan.
25 may kuni jami 51ta yangi holat aniqlandi, 42 bemor soğaydi va şu vaqtgaça koronavirusdan tuzalganlar soni 2607 nafarga yetdi.
Hozirda respublikaning 7 hududidagi şifoxonalarda jami 641 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 2 nafarining ahvoli oğir, 1 nafarining ahvoli esa öta oğir.












