Toşkent şahridagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 67 yoşda, yoşi kiçigi 5 yoşda. Hududlar kesimida oladigan bölsak, Toşkent şahridan 5 nafar, Farğona va Toşkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qaşqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. 

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan esa 56 yoşli erkak fuqaro tuzalib çiqdi.

Toşkent şahrida şu paytga qadar 955 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 976 nafarga yetdi.

Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoşli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoşli ayol bölib, Zarafşon şahridan. Viloyatda endilikda soğayganlar 12 nafarga yetdi.

Şunday qilib, bugun hozirga qadar 23 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab jami soğayganlar soni 2659 nafarga yetdi.