Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ijodkor yoşlar respublika tanlovlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Ijodkor yoşlar respublika tanlovlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga kiritilayotgan özgartirişlarga köra, tanlovlar bolalar musiqa va san'at maktablari, ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, professional ta'lim muassasalari öquvçilari örtasida ötkaziladi.

Ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, professional ta'lim muassasalari öquvçilarining ijodiy tanlovlari musiqa ijroçilari örtasida har ikki yilda bir marta, uç turda ötkaziladi.

Tanlov Ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari,
maktab-internatlari, professional ta'lim muassasalari öquvçilari örtasida har ikki yilda bir marta ötkaziladi.

Tanlovning dasturi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining mutaxassislari tomonidan işlab çiqiladi va tanlov ötkazilgunga qadar Özbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tanlov topşiriqlarining murakkabligiga qöyiladigan talablarning oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq bölişini ta'minlaydi.