Mazkur tibbiyot markazi hududi 6.17 ga yer maydonida joylaşgan bölib, 1 ga yer maydonida Markaz binosi qurilgan. Quriliş işlari 2018 yilning 26 fevralida boşlangan. Bino kuniga 250 bemor qabul qiladi, yiliga 1,5 mingta noyob texnologik operatsion amallarni bajarişga möljallangan. Markazda 700ta yangi iş örinlari taşkil etiladi.

Tört qavatdan iborat muassasada 68ta palata, siğimi 20 örinli elektron kutubxona, 170 örinli konferensiyalar zali, 50 örinli oşxona, simulyatsion markaz mavjud.

Eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan boyitilgan uşbu markazda pediatriya, neyroxirurgiya, ortopediya, gemodializ, kardioxirurgiya, umumiy xirurgiya, oftalmologiya, onkologiya, LOR hamda reanimatsiya bölimlari faoliyati yölga qöyiladi.

Hozirgi kunda yurtimizda neontal radiologiya şifokor maslahatiga köra neyrosonografiya usulini qöllaş bilan çegaralangan. Janubiy Koreyada esa neontal radiologiya neyrosonografiya, tos va son suyagini birlaştiruvçi böğim UZI diagnostikasi, orqa miya UZI diagnostikasining skrining usulida qöllaydi.
Markazda yangi 3ta Tesla quvvati MRT apparati örnatildi. U eng zamonaviy tekşiruv usullarini öz içiga olgan bölib, vizualizatsiya imkoniyatlarini kengaytiradi. Xususan, MRT perfuziyasini ötkaziş imkoniyati yaratildi. Bu boş miyaning işemik özgarişlarini aniqlaşda eng zamonaviy va samarador usul hisoblanadi. Bugungi kungaça yurtimizda bu tekşiruv usulini ötkaziş imkonini beruvçi MRT apparatlari bölmagan.

Bugungi tibbiyotning asosiy yutuqlaridan biri bu – nuklear tibbiyot. Ya'ni, yadro fizikasining yutuqlarini tibbiyotga tatbiq etiş natijasidir. Nuklear tibbiyot organizmda hali hujayra darajasida bölayotgan patologik va biologik özgarişlarni aniqlaş imkonini beradi. Markazda ikkita zamonaviy davolaş apparati bor. PET-KT (Pozitron-emission kompyuter tomografiya) – saraton taşxisini qöyiş uçun samarali va zamonaviy usuldir. Uşbu apparat kasallikni erta aniqlaşga imkon yaratadi. Saraton hujayralarini aniqlaş uçun turli radiofarmatsevtika qöllanadi.
Boşqa köriş vositalari – ultratovuş (UZI), rentgen, kompyuter tomografiyasi, MRT yordamida aniqlanmaydigan ösimta öçoqlarini PET-KTda taşxislaş mumkin. PET-KTning boşqa diagnostika turlaridan ustunligi şundaki, u mutlaqo xavfsiz, oğriqsiz davolaş imkonini beradi. Preparatning örtaça dozasi 6-8 millikuriyni taşkil qiladi.

Muassasada taşkil etilgan gemodializ bölimi 10 nafar bemorga möljallangan eng sönggi rusumdagi, dunyo standartlariga javob beradigan gemodializ apparatlari bilan jihozlangan. Bundan taşqari, bu yerga mamlakatda yagona bölgan CRRT – uzluksiz buyrak örnini bosuvçi terapiyani amalga oşiriş imkoniyatini beradigan uskuna ham olib kelingan. Bu esa oğir buyrak yetişmovçiligi bilan kasallangan kiçik yoşdagi bemorlarni uzluksiz, 24 soat davomida sun'iy buyrak yordamida toksinlardan tozalaş imkoniyatini beradi.
Şuningdek, rentgenografiya, rentgenoskopiya va 2ta mobil rentgen apparati bor. Turli şaroitlarda rentgen taşxislaşning zarur usullarini qöllaş mumkin böladi. Yuqori aniqlikdagi bir neça UZI apparatlari ham örnatilgan.

Tibbiyot markazida genetik laboratoriya faoliyati yölga qöyilmoqda. U bemor naslida qanday kasalliklar mavjudligini aniqlaş imkonini beradi.
Markazda kadrlar salohiyatini doimiy ravişda oşirib borişga alohida e'tibor qaratiladi. Xususan, Koreya Respublikasining Pusan milliy universiteti klinikasida 100 nafar mutaxassis malaka oşirib qaytdi. Bundan taşqari, KOICA taşkiloti bilan tuzilgan grant şartnomasi asosida 3 yil davomida markazning 55 nafar şifokor va hamşiralari turli yönalişlar böyiça Seul Milliy universitetining tibbiyot markazida ikki oylik malaka oşirişlari rejalaştirilgan.

Şu bilan birga, uç yil davomida 20 nafarga yaqin koreyalik mutaxassislarning mazkur markazda iş faoliyatini davom ettirişi közda tutilgan.
2021–2022 yillarda yuqori nufuzli xalqaro «JCI – Joint comission international» taşkilotining akkreditatsiyasini oliş rejalaştirilgan. Kelajakda transplantatsiya yönalişida operatsiyalarni bajariş uçun buyrak, jigar va yurak transplantatsiyasi böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.











