Vazirlik xabarida ta'kidlanişiça, stavkaning taklif etilayotgan özgarişi xalqaro majburiyatlar va amaliyotga mos kelmasligi sababli körib çiqilişi va qöllanilişi mumkin emas.
Şunga qaramay, kotibiyat aksiz soliği siyosati tez orada özgarişini inkor etmayapti.
«MDH doirasida tuzilgan erkin savdo zonasi töğrisidagi köp tomonlama bitimiga qöşilişda Özbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni qayd etiş lozim.
Bitimni uning tomonlari va Özbekiston Respublikasi örtasida qöllaş töğrisidagi bayoniga muvofiq, 2020 yilning 31 dekabrida Özbekiston tomonidan mamlakatimizda işlab çiqarilgan tovarlar va import qilingan tovarlarga aksiz soliği stavkalarini unifikatsiya qiliş uçun qabul qilingan ötiş davri tugaydi, ya'ni belgilangan muddatgaça mamlakatimizda işlab çiqarilgan va import qilingan tovarlarga örnatilgan aksiz soliği stavkalari umumiy maxrajga keltirilişi kerak.
Aksiz soliğining tovarlar böyiça unifikatsiyasini ta'minlaş JST va YeOII kabi xalqaro hamda mintaqaviy taşkilotlarning hujjatlari va amaliyotlarida ham nazarda tutilgan», – deyiladi xabarda.
Tarif va notarif tartibga soliş kengaşi ham import benzin uçun aksiz soliğini oşirişni taklif qildi
Ta'kidlanişiça, hozirgi kunda Özbekistonda import qilinganda 52 ta tovar pozitsiyasiga, mahalliy işlab çiqarişda esa - 15 ta pozitsiyaga aksiz soliği solinmoqda, xususan:
42 ta tovar pozitsiyalari böyiça faqat import qilişda aksiz soliği solinadi;
10 ta tovar pozitsiyalari böyiça import qiliş va mamlakatimizda işlab çiqariş (şu jumladan, neft mahsulotlari) holatlarida bir xil qiymatga ega bölmagan aksiz soliği stavkalari örnatilgan;
5 ta tovar pozitsiyalari böyiça faqat mamlakatimizda işlab çiqarilgan tovarlarga aksiz soliği solinadi.
Şu munosabat bilan joriy yilning 12 may kuni Ivestitsiyalar va taşqi savdo vazirligida bölib ötgan tarif va notarif tartibga soliş Kengaşining navbatdagi majlisida tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari e'tiboriga respublika tomonidan aksiz soliğini solişni unifikatsiya qiliş va tegişli çora-tadbirlar tayyorlaş böyiça öz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajariş zarurligi töğrisida ma'lumot havola etilgani bildirildi.
Kun.uz`ning hukumatdagi manbasiga köra, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga soliş böyiça kengaş import qilinadigan tayyor neft mahsulotlariga (AI-80, AI-91 va AI-92) qöyilgan aksiz soliğini oşirişni taklif qilgan.
Uşbu soliqning amaldagi stavkasi – 5 foiz. Bundan oldin «Özbekneftgaz» AJ ham bu stavkani oşirib, 20 foiz etib belgilaşni taklif qilgani ma'lum bölgandi.












