Aksariyat belaruslar koronavirus epidemiyasining ikkinçi tölqinigaça immunitetga ega böladi, deb hisoblaydi Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko.
Lukaşenko hozirda butun dunyoda koronavirusning ikkinçi tölqini töğrisida, uning kuzda avj olişi haqida gapirayotganini eslab ötdi. Ammo uning fikriça, "bu vaqtga kelib Belarusda köpçilik uşbu infeksiyaga çalinib ötgan böladi va immunitet işlab çiqaradi".
"Agarda kasallikka çalinib, tuzalgan bölsak, ikkinçi tölqindan çöçişimizga hojat yöq", - dedi Lukaşenko.
U şu bilan birga, pandemiya mamlakat soğliqni saqlaş tizimidagi qator kamçiliklarni körsatib berganini aytdi.
"Hammasi tugagaç, bu haqda gaplaşamiz. Ammo bu kamçiliklarni körib turibmiz, kerakli çoralarni köramiz", - dedi Lukaşenko.
Ma'lumotlarga köra, Belarusda 40 764 kişida koronavirus aniqlangan, 224 kişi vafot etgan.













