Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u uşbu yölning 301-kilometriga yetganida, öziga nisbatan yölning qarama-qarşi yönalişidan harakatlanib kelayotgan 46 yoşli D.Ş. boşqaruvida bölgan MAN rusumli yuk avtomaşinasining old qismiga borib urilib, yöl-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi Ş.X. va uşbu avtomaşina old yölovçi örindiğida ötirgan yölovçi, 48 yoşli T.Q. oğir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Buxoro viloyati IIV huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
«Hurmatli haydovçilar, transport vositasini boşqarayotgan vaqtda huşyor bölişingizni va amaldagi «Yöl harakati qoidalari»ga qat'iy rioya qilişingizni söraymiz», - deyiladi ma'lumotda.












