1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan onlayn xayriya poygasi ötkazilmoqda. Mazkur xayriya tadbiridan tuşadigan mablağlar Özbekistondagi internatlardan birini qöllab-quvvatlaşga hamda autizm bilan kasallangan bolalar uçun iş yuritiş buyumlari va badiiy töplamlarni xarid qiliş uçun sarflanadi. Bu haqida Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi ma'lum qildi.
Xayriya poygasi uçun röyxatdan ötiş bugun, 1 iyun kuni start oladi. 2020 yilning yoz mavsumi yakuniga qadar onlayn-musobaqada iştirok etiş mumkin. Buning uçun “Samarkand Half Marathon" veb-saytida röyxatdan ötiş kerak böladi. Uçta masofadan birini tanlagan holda iştirok uçun tölov amalga oşiriladi.
Masofani har bir iştirokçi öziga qulay vaqtda va qulay joyda bosib ötişi mumkin. Yuguriş amalga oşirilganligini tasdiqlaş uçun yarimmarafon saytidagi har qanday fitnes dasturidan GPS-trekni yuklab oliş kifoya. Musobaqa söngida barça iştirokçilar "Samarkand Half Marathon"ning 2019 yilgi memorial medallariga ega bölişadi.
Pandemiya şaroitida millionlab odamlar uyda qolişga majbur bölmoqda va mamlakatning har bir fuqarosi bugun kam harakatlikni öz boşidan ötkazib, buning maşaqqatini anglab yetmoqda. Karantin rejimi tugab, barça odatiy hayotga qaytişi mumkin böladi, ammo butun mamlakat böylab minglab nogironligi bölgan şaxslar va soğliği bilan boğliq muammolari mavjud bölgan insonlar uçun öz-özini majburiy ravişda izolyatsiya qiliş odatiy holga aylanib ulgurgan. Mazkur xayriya tadbirining asosiy maqsadi bu vaziyatni tuzatiş mumkinligini eslatib qöyişdir.
Xayriya poygasiga röyxatdan ötiş uçun: https://samarqand21.uz/











