«Özgidromet» xabariga köra, eng yuqori haroratlar Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu hududlarda havo 40-42 daraja, çöl zonasida ayrim joylarda 43-44 darajagaça kötarildi. Bu may uçun xos bölgan körsatkiçlardan 5-7 darajaga, şimolda 8-10 darajaga yuqori.

Özbekiston şimolida yangi harorat rekordlari örnatildi. Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatining köpçilik meteorologik stansiyalari ma'lumotlariga köra, bu yilgi may oyining oxirida qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval kuzatilmagan.

Respublikaning köpgina mintaqalarida ayrim kunlarda kunlik harorat maksimumlari qayd etildi.

Bu yil issiq erta boşlangani sababli köpçilikni yozda harorat qanday böladi degan savol qiziqtirmoqda, haqiqatdan ham yoz juda issiq keladimi? Bu töğrida mutaxassislar nima deydi?

«Özgidromet»ning yozişiça, yoz fasli uçun aniq ob-havo prognozlarini heç kim bermaydi va bu sinoptiklarning «yomon» işlaşi bilan boğliq emas. Butun iqlimiy tizim xaotik bölib, uzoq muddatga aniq prognozlar berişning imkoni yöq.

Bugungi kunda tayyorlanayotgan mavsumiy prognozlar taxminiy tavsifga ega va umuman olganda mavsumga baho beriş uçun foydalaniladi va «bu davrda örtaça harorat me'yordan yuqori yoki past böladi, yoğgan yoğinlar miqdori ham me'yordan köproq yoki kamroq böladi» degan körinişda böladi.

Bu yil mavsumiy prognozlar işlab çiqiş bilan şuğullanadigan Jahon ob-havo markazlari ma'lumotlariga köra, kirib kelgan yozda sayyoramizning katta qismida haroratning musbat anomaliyasi (ya'ni me'yordan yuqori harorat) bilan boğliq sirkulyatsiya rejimlarining ustun kelişi kutilmoqda.

«Özgidromet» Şimoliy Yevrosiyo iqlimiy markaziga a'zolik doirasida mavsumiy prognozlar tayyorlaşda iştirok etadi. Har yili qiş va yoz mavsumlari boşlanişidan oldin uşbu markazda mintaqadagi barça gidrometxizmatlar mutaxassislarining forumlari ötkaziladi. Uşbu forumlarda butun Şimoliy Yevrosiyo hududi böyiça kirib kelayotgan qişki yoki yozgi mavsumlar uçun prognozlar işlab çiqiladi.

Bunday prognozlar eng zamonaviy iqlimiy ma'lumotlar va prognostik mahsulotlar tahliliga asoslanib, unda barça iştirokçi davlatlar vakillarining fikrlari e'tiborga olinadi. Prognoz konsensus (maslahatlaşiş jarayonida kelişilgan) prognoz deb yuritiladi.

Bu yil yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli Şimoliy Yevrosiyo iqlimiy markazining forumi 19-20 may kunlari onlayn rejimda ötkazildi.

Konsensus prognozga köra, 2020 yil yozda Özbekiston, Turkmaniston, Qirğiziston, Tojikistonda, Qozoğistonning janubiy, ğarbiy, şarqiy mintaqalarida 40 foiz ehtimol bilan harorat fonining me'yordan yuqori bölişi kutilmoqda.

Agar umumiy tendensiyalar töğrisida gapirilsa, yozning issiq bölişi töğrisidagi prognoz hozirda kuzatilayotgan vaziyatni tasdiqlamoqda. Oxirgi yillarda global isiş tendensiyasining davom etişi munosabati bilan issiqlik tölqinlarining soni va jadalligi ortib bormoqda. Ötgan 2019 yil tarixda eng issiq yillar içida 2016 yildan keyin ikkinçi örinni egalladi.

Yaqinda ötgan barça yillar ham butun asbob-uskunalar bilan kuzatuv davri uçun eng issiq top-5 yoki top-10ga kirgan.

«Bu yilgi yoz uşbu qatorga kirmaydi deb taxmin qilişga heç qanday asos yöq. Şuning uçun bu yilgi yoz issiq bölişi ehtimolga yaqin, biroq iqlimiy tizim xususiyatlarini e'tiborga oladigan bölsak, bu 100 foizli prognoz emas.

Bundan taşqari örtaçalaştirilgan umumiy tavsif mavsum davomida qanday muayyan harorat qiymatlari kuzatilişi töğrisida tasavvur bermaydi. Yozning uç oyi davomida issiq haroratning sustlaşiş, yoki bir oy juda issiq bölib, qolgan ikki oy davomida harorat me'yorga yaqin bölişi mumkin.

Mavsumiy prognoz iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan soğliqni saqlaş mutaxassislari uçun möljallangan.

Jahon meteorologiya taşkiloti va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti SOVID-19 pandemiyasi şaroitlarida yozning issiğida salomatlikni muhofaza qilişga doir tavsiyalar berilgan axborot materiallari qöşma turkumini tayyorladi.

Aholining katta qismi uçun köproq tuşunarli bölgan prognozlar har kuni «Özgidromet» tomonidan 6 kun barvaqtlik bilan tayyorlanadi. Hozirça yozning birinçi haftasida kutilayotgan ob-havo töğrisida gapiriş mumkin.

Iş haftasi davomida harorat kötarilib, 38-40 darajaga, mamlakat janubi va çöl zonasida ayrim joylarda 43 darajagaça yetadi. Dam oliş kunlari harorat biroz pasayadi», - deyiladi ma'lumotda.