Ma'lum bölişiça, «SD Mall» MÇJ rahbari Sergey Kann «Samarqand darvoza»dagi tadbirkorlarga ijara tölovi masalasida xat yöllagan.
Xatda ma'lum qilinişiça, binodan foydalaniş davriy xarajatlari, işçilarga maoş, davlat budjetiga yönaltiriladigan soliq va yiğimlarni tölaş masalasi köndalang turibdi.
«Şularni inobatga olib, «SD Mall» MÇJ sizlardan aprel oyi uçun qisman, ijara şartnomasida körsatilgan summaning 25 foizi miqdorida tölovni tölaşingizni söraydi», – deyiladi binodan ijara asosida foydalanayotgan tadbirkorlarga yöllangan xatda.
Ta'kidlanişiça, karantin davridagi ijara uçun tölovni, boşqa joriy xarajatlar kabi, joriy yilning 1 dekabriga qadar tölaş mumkin.
Kun.uz bilan suhbatlaşgan tadbirkorning aytişiça, nooziq-ovqat mahsulotlarini sotiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar hali-beri iqtisodiy barqaror ahvolga kelişi qiyin, karantin uçun ijara tölovi esa umuman oşiqça.
«Savdo faoliyatini boşlagani bilan, hali peştaxtada yangi mavsum mahsulotlari yöq. Xorij bilan aloqa qiliş qiyin. Qolaversa, işçilar va özimizning xarajatlar, xususan soliqlar haqida qayğurişimiz kerak.
Karantin davri uçun ijara tölovini talab qiliş esa öz faoliyatimizda keskin çoralar körişga majburlaydi. Masalan, narx-navo oşadi, işçilarning maoşi pasaytiriladi yo iş örinlari qisqaradi. Axir binoda ijara tölov kiçik summani taşkil etmaydi: masalan, 1 kv.m. uçun örtaça 1 million söm tölanadi», – deydi tadbirkor.
Sergey Kanning Kun.uz'ga bildirişiça, karantin paytida binoning davriy xarajatlarini qoplaş uçun ijara tölovining minimal qismi miqdorida tölov söralmoqda.
Şuningdek, uşbu tölovni bajariş uçun uzaytirilgan muddat berilgan. Öz vaqtida tölanmagan ijara uçun penya yo jarima qöllanmaydi.
Boşqaruvçi kompaniya pandemiya davrida ijaraçilar kam ziyon körişi uçun barça imkoniyatlarni işga solişini alohida ta'kidlamoqda.
Karantin davri uçun ijara tölovi olinişi mumkinmi?
Karantin tadbirlari davrida öz faoliyatini töxtatişga majbur bölgan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovlarini hisoblaş va undiriş töxtatilgan.
Ammo xususiy sektor iştirokçilari örtasidagi munosabatlar davlat tomonidan tartibga solinmaydi.
Öz faoliyatini töxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tuşumi 2020 yilning I çoragidagi örtaça oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan köproqqa kamaygan mikrofirma, kiçik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi taqdim etildi:
- mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soliği, yer soliği, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq böyiça – ularni keyinçalik 12 oy davomida teng uluşlarda tölaş şarti bilan;
- ijtimoiy soliq böyiça – uni keyinçalik 6 oy davomida teng uluşlarda tölaş şarti bilan.
Bu örinda yirik korxona va soliq tölovçilar nazarda tutilmagan. Şunga qaramay, amaldagi Soliq kodeksiga muvofiq, mol-mulk soliği, yer soliği, yagona yer soliği böyiça imtiyozlarni beriş Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oşirilişi mumkin.
Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevning Kun.uz'ga bergan intervyusida bildirişiça, yirik soliq tölovçilar bilan munosabatlarni tartibga soliş uçun qömita huzurida alohida inspeksiya faoliyat körsatadi. Ularning har bir murojaati alohida örganiladi.
Jamoatçilik fikri qanday? Ijtimoiy sörovnoma natijasi
Kun.uz rasmiy Telegram-kanalida uşbu masala yuzasidan ijtimoiy sörovnoma ötkazdi. Unda 65 mingdan ziyod foydalanuvçi ovoz berdi.
Respondentlarning yoşi, mehnat faoliyati, yaşaş manzillari va sotsiologik sörovni aniqlaştiruvçi boşqa omillarga aniqlik kiritilmadi. Ulardan: «Karantin davrida iş faoliyatingiz töxtatilganiga qaramay, xususiy tadbirkorga tegişli bino yoki dökon uçun ijara haqi töladingizmi?» degan savolga javob beriş söraldi.
Sörovda qatnaşganlarning 29 foizi (19 mingdan ortiq kişi) «Ha, işlamagan kunlar uçun ijara haqi olindi», deya javob bergan bölsa, 17 foiz respondent karantin davrida ijara tölovi hisobdan olib taşlanganini bildirgan.

«Samarqand darvoza» kimga tegişli?
Özbekistondagi yirik köngiloçar va savdo markazlariga sarmoya kiritgan «Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi» haqida ma'lumotlar yetarli emas. Uşbu kompaniya «Samarqand darvoza»ning ta'sisçilaridan biri sifatida röyxatdan ötgan. Uning ta'sisçiligida taşkil etilgan «SD Mall» MÇJ savdo markazini boşqaradi.
«Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi»ning «SD Mall» MÇJ ustav fondidagi uluşi 82 foizni taşkil etadi. Jamiyatning 18 foizi Azizxöja Abbosxöjayevga tegişli bölib, u mamlakatdagi yirik farmatsevtik kompaniyalardan biri – «Grand Pharm Trade» MÇJ ta'sisçisi (ustav fonddagi uluşi 60 foiz) sifatida taniş sanaladi.
«Samarqand darvoza»da katta uluşga ega «Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi» Özbekistonda 2010 yili 17 fevralda davlat röyxatidan ötgan bölib, uning ta'sisçilari Ömon sultonligi davlat boş zaxira jamğarmasi (75 foiz) hamda Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi (25 foiz) hisoblanadi.
«Özsanoatqurilişbank» ATB kengaş a'zolari töğrisidagi ma'lumotda «Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi» MÇJ direktori Rasoxon Kalonxöjayev nomi ham a'zolar qatoriga kiritilgan.
Alişer Rözioxunov













