Özbekistonda 15 iyundan «yaşil» va «sariq» hududlarda faqat xususiy maktabgaça ta'lim muassasalariga ruxsat beriladi.
Davlat maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyati 15 iyunidan 1 iyuliga qadar, Maktabgaça ta'lim vazirligi jadvali asosida bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi..
Bunda Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, sanitariya-gigiyenik xavfsizlikning barça qoidalari va standartlariga rioya qilingan bölişi kerak:
- maktabgaça ta'lim taşkilotlarida maşğulotlarni 15 kişidan ortiq bölmagan guruhlarda taşkil etiş;
- maktabgaça ta'lim taşkilotlari binolarini doimiy ravişda dezinfeksiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş;
- xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi va ijtimoiy masofani saqlaşi;
- tana harorati 37 daraja va undan yuqori bölgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bölgan xodim va tarbiyalanuvçilarning maşğulotlarga kiritmaslik çoralarini köriş talab etiladi.
Boğçalarning oçilişi jadvali Maktabgaça ta'lim vazirligining veb-saytida e'lon qilinadi.
Bundan avvalroq 15 iyundan boşlab «yaşil» va «sariq» hududlarda maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyatiga ruxsat berilişi haqida xabar berilgandi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holati tasdiqlangan ilk kunda - 15 martda Özbekistondagi barça boğçalar koronavirus tufayli karantinga olinişi ma'lum qilingandi.









