Umumiy ovqatlaniş obektlari faoliyatini taşkil etişga qöyiladigan asosiy talablar quyidagilar:

  • banketlar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkazişga yöl qöymaslik;
  • faoliyatini 8:00dan 23:00ga qadar taşkil etiş;
  • stollar oraliğidagi 2 metrdan kam bölmagan ijtimoiy masofani ta'minlaş;
  • bir stol atrofida 4 kişidan köp bölmagan (10 kişidan köp bölmagan bir oila a'zolari bundan mustasno) mijozlarni joylaştiriş;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qölqopda bölişi;
  • har bir mijozdan keyin stol va boşqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalaş.

Maktabgaça ta'lim taşkilotlarida:

  • maşğulotlarni 15 kişidan ortiq bölmagan guruhlarda taşkil etiş;
  • binolarni doimiy ravişda dezinfeksiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlaş;
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi va ijtimoiy masofani saqlaşi;
  • tana harorati 37S va undan yuqori bölgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bölgan xodim va tarbiyalanuvçilarning maşğulotlarga kiritmaslik çoralarini köriş talab etiladi.

Buyum bozorlari:

  • doimiy ravişda dezinfeksiya qilinişi, ularning kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan jihozlanişi,
  • sotuvçilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qölqoplardan foydalanişi, ijtimoiy masofani saqlaşi,
  • har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37S va undan yuqori bölgan, infeksiya alomatlari mavjud bölgan holatda hamda tibbiy niqobda bölmagan  hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik çoralarini köriş talab etiladi.