Finlyandiya hukumati va BMT köpşeriklik trast jamğarmasining Nyu-Yorkdagi ofisi Orolböyi mintaqasi uçun Trast jamğarmasiga hissa qöşiş töğrisida bitim imzoladi. Bu haqda Özbekistonda Orolböyi mintaqasi uçun BMTning Inson xavfsizligi böyiça köpşeriklik jamğarmasi xabar bermoqda.
2019 yilning noyabrida Bryusselda bölib ötgan "Özbekiston-Yevropa ittifoqi" Hamkorlik kengaşining 15-uçraşuvida Finlyandiya taşqi işlar vaziri Finlyandiya hukumati Orolböyi mintaqasi uçun BMTning Inson xavfsizligi böyiça köpşeriklik trast jamğarmasiga (Trast jamğarma) 1 million yevro ajratişga qaror qilganini ma'lum qilgan edi.
2020 yilning 29 mayida Finlyandiya hukumati va BMT köpşeriklik trast jamğarmasining Nyu-Yorkdagi ofisi Finlyandiya tomonining Trast jamğarmasiga 1 million yevro miqdorida hissa qöşişi töğrisida bitimni imzoladi.
Finlyandiya hukumati hissasi Trast jamğarmasiga kelib tuşgandan keyin, bu mablağlar barça manfaatdor tomonlar tomonidan kelişilgan va inson xavfsizligi konsepsiyasi prizmasi orqali özaro boğliq muammolarni hal qilişga qaratilgan Jamğarmaning Yagona strategiyasini amalga oşiriş uçun işlatiladi, bular:
ekologik xavfsizlik;
iqtisodiy xavfsizlik;
oziq-ovqat xavfsizligi;
aholi salomatligi xavfsizligi;
ijtimoiy xavfsizlik;
donorlar yordamining samarasizligi.
Bildirilişiça, bugungi kunga kelib Özbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Trast jamğarmaga 3,5 mln. doll. miqdorida mablağ ötkazildi. Şuningdek, Norvegiya hukumati 2019 yilning mart oyida 1,1 mln. doll. miqdorida, Yevropa ittifoqi 2020 yilning mart oyida 5,0 mln. Yevro miqdorida jamğarmaga hissa qöşgan.
2018 yilda BMT şafeligida taşkil etilgan Trast jamğarmasi Orolböyi mintaqasida istiqomat qiluvçi hamjamiyatlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hal qilişda milliy va xalqaro darajada hamkorlikni amalga oşiriş va barqaror rivojlaniş sohasida global maqsadlarga erişiş böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlarni tezlaştiriş uçun yagona maydonni taqdim etadi.












