AOKA huzuridagi ştabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boş inspektori Nurmat Otabekov iştirokida brifing ötkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi.
Nega telefonlarga ogohlikka da'vat etuvçi SMS-xabarlar kelmay qöydi? Odamlar niqob, antiseptiklar, qölni sovunlab yuviş töğrisida eslatib turilmasa ehtiyotkorlikni unutişmoqda?
Töğri, telefonlarga SMS-xabarlar kelişi töxtadi, lekin buning örniga OAV orqali muntazam tarğib qilinmoqda.
Mirzo Uluğbek tumanidagi Uluğbek şaharçasi qizil hududga kiritilgani uçun şifokorlar qabuliga borolmayapmiz. Oilaviy poliklinika işlamayapti. Yaqin oradagi tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat körsatişdan boş tortişdi. Turmuş örtoğimga taşxis qöyilişi uçun tahlil topşirişlari zarur?
Agar turmuş örtoğingizda biror ötkir kasallik bor bölib, unga tez tibbiy yordam zarur bölsa tez yordam maşinasini uyga çaqiring.
Har qanday vaziyatda ham tuman tibbiyot birlaşmasi sizning muammongizni yeçişi lozim.
Oliy toifali şifokorman. Karantin tufayli aprel oyida toifamni qayta tasdiqlata olmadim. Toifa muddati tugaganligi sabab maoşimni qisqartirişdi. Endi toifamiz ham pasaytiriladimi?
Bu masala bilan SSV attestatsiya komissiyasi şuğullanyapti. Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasiga takliflar kiritilgan, yaqin kunlarda aniq javobni e'tiboringizga yetkazamiz.
Tahlil natijasidagi 1 marta xatolik, 2- natijada manfiy bölsa karantinda uşlab turiş mumkinmi?
Agar birinçi marta koronavirusga topşirgan tahlil natijasi musbat çiqqan bölsa kasalxonada nazoratda bölişi kerak, ikkinçi marta tahlil natijasi manfiy çiqsa ham 14 kun nazoratda böladi.
Koronavirusga çalinganlarning köpçiligi xalqaro yuk taşuvçi haydovçilar. Ularning vaqtida karantinga olinişi ta'minlanyaptimi?
Ha, epidemik noxuş davlatlarga borib kelgan barça şaxslar 14 kun muddatga karantinga olinyapti.
Köplab virus taşuvçisi bölgan haşarotlar (burga, çivin) koronavirus taşuvçisi bölişi mumkinmi?
Yöq, bu haşarotlar koronavirus infeksiyasi taşuvçisi bölişmaydi












