Toşkent şahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 23 nafar, Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida ham 23 nafar hamda 3-sonli tuğruq majmuasidan 4 nafar, jami 64 nafar bemor soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafar erkak, 3 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 59 yoşda, yoşi kiçigi 23 yoşda. Hududlar kesimida oladigan bölsak, 4 nafari Toşkent viloyatidan, 3 nafari Farğona viloyatidan, 1 nafari Toşkent şahridan, Namangan, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan.
Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 14 nafari erkak, 9 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 68 yoşda, yoşi kiçigi 6 yoşda. Hududlar kesimida oladigan bölsak, 6 nafari Toşkent viloyatidan, 4 nafari Andijon viloyatidan, 3 nafari Qaşqadaryo viloyatidan, Toşkent şahri va Xorazm viloyatidan 2 nafardan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan.
Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 11 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 64 yoşda, yoşi kiçigi 3 yoşda. Hududlar kesimida oladigan bölsak, 15 nafari Toşkent şahridan, Farğona va Toşkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qaşqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.
3-sonli tuğruq majmuasida şifo topgan 4 nafar ayollarimizning yoşi kattasi 38 yoşda, yoşi kiçigi 29 yoşda. Hududlar kesimida oladigan bölsak, Navoiy, Samarqand, Farğona va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.
Toşkent şahrida şu paytga qadar tuzalganlar soni 1170 nafar taşkil qilgan bölsa, endilikda ularning soni 1234 nafarga yetdi.
Bundan avvalroq Qoraqalpoğiston Respublikasida yana 4 bemor tuzalib, uşbu hudud koronavirusdan xoli hududga aylanişga yaqin qolgani xabar qilingandi.
Bugun kun davomida mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan 68 nafar bemor foriğ bölib, jami soğayganlar soni 3082 nafarga yetdi.












