Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasi xodimlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Köp xonadonli va issiqlik obektlarini quriş injiniring kompaniyasi xodimlarini mukofotlaş va ularga moddiy yordam körsatiş köp xonadonli uylarni, issiqlik ta'minoti obektlarini quriş hamda rekonstruksiya qiliş loyihalarini amalga oşiriş doirasida buyurtmaçini saqlaş xarajatlarini belgilangan tartibda nazarda tutadigan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari, mahalliy budjetlar mablağlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
Köp xonadonli va issiqlik obektlarini quriş injiniring kompaniyasi xodimlarini moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi mazkur kompaniya tomonidan har yili nazarda tutiladigan mehnatga haq tölaş fondining 15 foizi miqdorida şakllantiriladi.
Köp xonadonli va issiqlik obektlarini quriş injiniring kompaniyasi xodimlariga:
iş vaqtidan boşqa vaqtlarda, dam oliş va bayram kunlarida, tungi vaqtda işlaganlik, şuningdek, uzoq muddat işlaganlik uçun nazarda tutilgan tartibda lavozim maoşiga ustamalar;
rasmiy bayram kunlari (Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navröz, Mustaqillik kuni, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti, Konstitutsiya kuni, Yangi yil) va kasb bayrami (Uy-joy kommunal xizmat körsatiş xodimlari kuni) bir lavozim maoşi miqdorida bir martalik mukofot puli;
ovqatlaniş xarajatlarini qoplaş uçun - bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida har oylik tölov;
yölkira xarajatlarini qoplaş uçun - bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida har oylik tölov, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotib oliş uçun - bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravaridan köp bölmagan miqdorda bir yöla moddiy yordam puli;
alohida holatlar (uzoq muddat kasallik, oila a'zosining vafoti, nikoh tuziş va boşqalar) munosabati bilan bir lavozim maoşidan oşmaydigan miqdorda bir yöla moddiy yordam puli;
soğlikni tiklaş (sanatoriyda davolaniş) uçun bir yilda bir marta bir lavozim maoşi miqdorida moliyaviy yordam puli tölanadi.
Mukofotlar va ustamalarning aniq miqdorini belgilaş uçun Köp xonadonli uylar böyiça injiniring kompaniyasida xodimlarni mukofotlaş tartibini belgilaş komissiyasi taşkil etiladi.
Komissiya Köp xonadonli va issiqlik obektlarini quriş injiniring kompaniyasi direktorining qarori bilan 6 kişidan iborat tarkibda tuziladi va direktor (komissiya raisi), boş buxgalter, kadrlar böyiça mutaxassis, yuriskonsult, mehnat jamoasi va kasaba uyuşma qömitasi vakillarini öz içiga oladi. Komissiya qarori köpçilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegişli bayonnoma bilan rasmiylaştiriladi. Ovozlar teng bölgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvçi hisoblanadi.
Köp xonadonli va issiqlik obektlarini quriş injiniring kompaniyasining ayrim taşabbuskor va yuqori malakali xodimlariga kompaniya direktorining tegişli buyruğiga hamda komissiya qaroriga asosan lavozim maoşiga uning 50 foizidan oşmaydigan miqdorida har oylik şaxsiy ustamalar belgilanişi mumkin.












