Bugun, 4 may kuni qabul yangiliklariga bağişlangan brifingda Toşkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov yuridik ta'lim böyiça qilinayotgan yangiliklar haqida ma'lumot berdi. 

«Termiz, Samarqand va Namangan davlat universitetlarida yuridik fakultetlar taşkil etilişi belgilangan. Bu borada esa ularda faoliyat yuritişi lozim bölgan kadrlarni saralab oliş muhim. Şuning uçun oxirgi 5 yil içida Toşkent davlat yuridik universitetini a'lo baholar bilan tugatgan magistrlar röyxati şakllantirilib, yuridik fakultetlar oçilişi lozim bölgan universitetlarga yetkazildi. Ayni paytda ular bilan suhbatlar ötkazilmoqda. 

Dekanlikka nomzod sifatida esa Toşkent davlat yuridik universitetining malakali öqituvçilari tavsiya etilgan», - dedi Rahim Hakimov brifingda. 

Rahim Hakimovning sözlariga köra, yangi taşkil qilinadigan yuridik fakultetlarning öquv dasturlari namunaviy tarzda taşkil etiladi. Bu borada işlar bir hafta içida tugatilişi kerak. 

«Lekin yangi yuridik fakultetlar uçun joriy yildan qabul boşlanişi öşa universitetlarning öziga boğliq. Qaysi universitet öqituvçilarni tayyorlab, fakultetlarni oça olsa, öquv dasturlari bilan ta'minlaşni öz böynimizga olamiz», - deya Rahim Hakimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Bundan taşqari, Rahim Hakimovning qöşimça qilişiça, joriy yil yuridik yönalişga topşiradigan abituriyentlarning ham 3 ta yönalişni tanlaş imkoni bor. 

«Hozir Toşkent va Qoraqalpoq yuridik universitetlari faoliyat yuritmoqda. Abituriyent ulardan birini tanlaşi mumkin. Agar joriy yildan viloyatlardagi yuridik fakultetlar ham oçilsa, tanlaş imkoni yana oşadi», - dedi Rahim Hakimov.