Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktorining birinçi örinbosari Botir Qurbonov dunyo davlatlari toifalarga bölinib, aviaqatnovlar tiklanişi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Hozirgi kunda Transport vazirligi bilan xamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda davlatlarni «yaşil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiş va bosqiçma-bosqiç aviaqatnovlarni tiklaş borasida örganib çiqib takliflar tayyorlanmoqda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yakuniy xulosalar qilinadi. Bu töğrisida qöşimça axborot beriladi.
Şuningdek, davlatlarning epidemiyaga qarşi tadbirlarni darajasi hamda fuqarolarning himoyalaniş çoralariga e'tibor qaratiladi.
Umuman, bugun dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib çiqadigan bölsak, zaruriyat bölmasa çetga bormay turiş ma'qul böladi», dedi Botir Qurbonov.
Brifingda 15 iyundan karantin tadbirlari töliq tugaşi ehtimoli haqidagi savolga ham javob berildi.
«Karantin tadbirlari tugatilişi yoki bir muddat çözilişi bu koronavirus infeksiyasi bilan boğliq epidemik vaziyatni e'tiborga olgan holda belgilanadi. Agarda kasallik böyiça barqarorlikka erişilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik ösiş sur'ati jadallaşsa, karantin tadbirlari ham kuçaytiriladi.
Körinib turibdiki, bu barçamizga boğliq jarayon, agarda profilaktik tadbirlar, karantin qoidalari, alohidalaniş va ijtimoiy masofani saqlaş talablariga töliq rioya qilsak, yaqin kunlarda karantin tadbirlari bekor qilinişi mumkin», dedi Qurbonov.













