Vazirlikning ma'lum qilişiça, bugun yana 20 nafar bemor şifo topib, bugunning özida 160 nafar bemor soğaydi hamda kunlik soğayiş körsatkiçlari böyiça rekord natija qayd etildi.
Navoiy viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 4 nafar, Andijon viloyatida 2 nafar, jami 20 nafar bemor soğayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.
«Bu, şubhasiz, dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olib turgan bir paytda, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş, bemorlarni muvaffaqiyatli davolaş borasida olib borilgan izçil çora-tadbirlarning ulkan samarasidir.
Eng muhimi, tajribali va fidoyi şifokorlarimiz matonat bilan koronavirusga qarşi kuraşmoqdalar va buning natijasi – şifo topayotgan fuqarolarimizning kölami, ölim körsatkiçi esa öta pastligida namoyon bölmoqda», deyiladi xabarda.
Navoiyda tuzalganlarning barçasi uşbu viloyatdan (12 nafari Zarafşon şahridan, Xatirçi va Nurota tumanlaridan 1 nafardan). Ulardan 10 nafari erkak, 4 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 52 yoşda, yoşi kiçigi 2 yoşda. Uşbu viloyatda endilikda soğayganlar soni 110 nafarga yetdi.
Samarqandda tuzalganlarning ham barçasi uşbu viloyatdan (Jomboy, Urgut, Narpay va Pastdarğom tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 40 yoşda, yoşi kiçigi 24 yoşda. Uşbu viloyatda endilikda soğayganlar 318 nafarga yetdi.
Andijon viloyatida tuzalganlarning 2 nafari ham erkak bölib (50 yoşli va 32 yoşli) uşbu viloyatdan (Izboskan va Baliqçi tumanlaridan 1 nafardan). Uşbu viloyatda endilikda soğayganlar soni 177 nafarga yetib, 1 nafar bemor davolanmoqda va koronavirusdan xoli hudud bölişga yaqin turibdi.
Bundan avvalroq Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida jami 140 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Şunday qilib, bugun kun davomida 160 nafar bemor tuzalib, avvalgi kunlarga nisbatan rekord qayd etildi. Endilikda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan jami soğayganlar 3247 nafarga yetdi.












