Ekologik muammolarga bağişlangan alohida kun belgilanişiga 1971 yil 11 may kuni BMT boş kotibiga yöllangan murojaat sabab bölgan – unda 23ta davlatdan 2200 nafar fan va madaniyat sohasi vakillari atrof-muhitda xavfli ifloslaniş jarayoni keçayotganidan va bu insoniyat kelajagiga tahdid solişidan ogohlantirgan.
«Atrof-muhit ifloslanişi muammosini yöqotmasak, u insoniyatni yöqotib yuboradi», deyilgandi murojaatda.
Mazkur sana jahon hamjamiyati e'tiborini atrof-muhit muammolariga qaratiş, ekologiya muhofazasiga siyosiy manfaat uyğotişga xizmat qiladi. Joriy yilda xalqaro atrof-muhitni himoya qiliş harakati uçun mezbon davlat Kolumbiya bölib, kun mavzusi sifatida biologik xilma-xillikni saqlab qoliş masalasi tanlangan.
Bu yil ekologik muammolarni hal qilişga qaratilgan harakatlar «Tabiat vaqti» (Time for nature) şiori ostida ötkazilmoqda.
«Biz yeydigan mahsulotlar, biz nafas oladigan havo, biz içadigan suv, biz yaşaydigan sayyoraga hayot bağişlovçi iqlim – barçasi tabiat tufayli. Ustiga-ustak, hozir tabiatning özi bizga belgi bermoqda – özimiz haqimizda qayğurişimiz uçun avvalo tabiatga ğamxörlik qilişimiz kerak.
Hozir – uyğoniş vaqti. Muammolarni payqaş uçun, ovozimizni kötariş uçun... Insoniyat uçun, Yer sayyorasi uçun yaxşiroq muhit yaratiş vaqti. Bu xalqaro atrof-muhitni muhofaza qiliş kuni – tabiat vaqtidir», deyiladi «Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qiliş – 2020» kun tartibida.
BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ma'lumotlariga köra, inson faoliyati Yer kurrasi quruqlik qismining törtdan uç qismi, suv havzalarining uçdan ikki qismidagi ekologik muhitni sezilarli darajada özgartirgan.
2010-2015 yillarda 32 mln gektar örmon maydoni inson omili natijasida qisqargan.

Foto: Shutterstock
Sönggi 150 yil içida global isiş negizida suv havzalaridagi korall riflaridan iborat tirik qoplama ikki baravarga qisqargan – ular qurib, rangsizlaşib bormoqda. Dunyo okeanlarining şörlaniş darajasi ortib boryapti.

Foto: Greg Torda/ARC Center of Excellence via Associated Press
Muzliklar katta tezlik bilan erimoqda. Bu – okean suvlarining ortişi va suv böyiga yaqin hududlarning suv ostida qoliş ehtimolini oşiradi, issiqlikning namlikka nisbati buzilişiga sabab böladi.

Foto: REUTERS/Kathryn Hansen/NASA
Yovvoyi hayvonot dunyosi qirilib bormoqda – keyingi 10 yil içida yovvoyi jonivorlarning tur rang-barangligi çorak qismga qisqarişi mumkin.













