Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Farğonaga taşrifi yuzasidan «Özbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan reportajda mamlakatning kelgusi monetar siyosati böyiça özgarişlar ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanişiça, Şavkat Mirziyov pul tuşumi keskin qisqargan korxonalarni aylanma mablağlar bilan töldiriş va eksportçi korxonalarni qöllab-quvvatlaş uçun 1 trillion söm kredit ajratilişi böyiça mutasaddilarga körsatma bergan. 

«Markaziy bank kreditlar böyiça örtaça foiz stavkalarni 21 foiz atrofida bölişini belgilandi. Ya'ni beş foizli kompensatsiya berilsa, tadbirkor uçun kredit 16 foizga aylanadi», – deyiladi efirga uzatilgan lavhada.

Joriy yilning 15 aprel kuni Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan. Şunday qilib, pandemiyada ajratilgan ayrim kreditlar qayta moliyalaş stavkasi darajasiga pasayişi mumkin. 

 Davlat rahbari biznes loyihalarni moliyalaştiriş uçun kredit resurslar hajmini 25 foizga oşiriş, har bir sektorda kambağallikka qarşi kuraşiş ştabini taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.

Ma'lum qilinişiça, Jahon banki iştirokida bu yil qişloq joylarda tadbirkorlik loyihalari uçun 26,5 million dollar ajratilişi, oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 400 milliard söm kredit yönaltiriladi.