Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev suvni dalalarga quvur orqali yetkaziş bilan 40 foiz suv, 30 foiz elektr energiya iqtisod qilinişi mumkin bölgani haqida gapirdi.

«Farğona viloyatida 360 ming gektar suğoriladigan maydon mavjud bölsa, vegetatsiya davrida 3 milliard 700 million kubdan ortiq suv talab qilinadi. Hisob-kitoblarga köra, 455 million metr kub suv kamroq sarflanişi mumkin. Buning uçun suv tejovçi texnologiyalardan foydalaniş kerak böladi. 

Aslida, suğoriş tarmoqlarida 40 foizga yaqin suv yöqotiladi. Buni kamaytiriş va suv boşqariş tizimidagi muammolarni hal qiliş kerak. Agar suv töğri boşqarilsa, bu kabi muammolarga yöl qöyilmaydi», deya qayd etib ötdi Suv xöjaligi vaziri.

Vazirning ta'kidlaşiça, Farğona viloyatida suv dalaga 4 soatda yetkazib beriladi. Lekin suv quvur orqali yetkazilganda 4 soat örniga 4 daqiqa yetarli bölgan. Bu orqali 40 foiz suv, 30 foiz elektr energiya iqtisod qilinadi.

«Davlat rahbariga mazkur örganişlarni taqdimot qilib körsatdik va suv tejovçi texnologiyalar uçun 50 million AQŞ dollari ajratilişi belgilandi. Mablağni qanday yönaltiriş uçun alohida işçi guruh tuzildi va qaysi hududlarda suv ta'minotiga oid muammolar köpligi aniqlanib, çoralar köriladi», dedi Şavkat Hamroyev Xalqaro press klubning Farğonada ötkazilgan sessiyasida.