– Fojia sabablarini örganiş böyiça tuzilgan hukumat komissiyasi faoliyati, örganiş jarayoni qanday keçayotgani haqidagi ma'lumotlar juda ham kam. Sizningça, komissiya faoliyati şaffof olib borilayaptimi? Minglab uylar vayron bölişiga, ön minglab oilalar köçada qolişiga, milliardlab talafotlarga sabab bölgan falokat oqibatlari aslida qanday örganilişi kerak? Komissiya faoliyati haqida jamoatçilikka hisobot berib borişi kerakmi yoki bunga zarurat yöq deb hisoblaysizmi? Siz yaşayotgan mamlakat – Kanadada bunday falokatlar qay tarzda örganiladi?

– Komissiya oçiq matbuotda öz xulosalarini, jarayon qanday borayotganini muntazam ravişda – haftasiga bir marta, oyda ikki marta çiqiş qilib, xalqqa bildirib borişi lozim. Kanada kabi rivojlangan davlatlarda bu iş şunday taşkil qilinadi. Komissiyaning işi şaffof taşkil qilinadi. U yerda e'lon qiliş mumkin bölmagan va mumkin bölgan ma'lumotlar bor. Bu haqida heç kim bahslaşmaydi, lekin xalq bilişga haqli bölgan ma'lumotlar öz vaqtida yetkazib turiladi.

Bu jarayonda jurnalistlarning ham roli köp. Kanadada bunday falokatlar bölgan taqdirda jurnalistlar komissiya a'zolariga tinçlik bermagan bölardi. Kerak bölsa, iş joyiga boradi, iş joyidan topa olmasa, uyiga boradi. Uyidan topa olmasa, yölda uşlaydi, lekin ma'lumot oladi. Özbekistonda ham matbuot biroz aççiqlaşişi kerak, faqat xorijdagi yoki Özbekistondagi mutaxassislar emas, aynan komissiya tarkibiga kirganlar bilan jonli muloqotlar qilişi, ulardan kerakli ma'lumotlarni olişi xalq uçun juda ham muhim.

Özbekistonda keyingi davrda bölayotgan özgarişlar xalqning ançagina jonlanganini, ma'lumotga çanqoqligini körsatadi. Men yozgan maqola aslida biroz murakkab, mutaxassislar uçun yozilgan bölsa ham, 200 mingdan ortiq odam qiziqib öqigan. Çunki butun xalq fojia sabablarini va sababçilarini bilişni istaydi. Bunda jurnalistlarning roli ham katta bölişi kerak.

– Deylik, töğon qurilişiga oid barça hujjatlar, fojiadan keyingi ma'lumotlar sizga taqdim etilsa, masofadan turib bölsa ham falokat böyiça ekspertlik xulosangizni bera olasizmi?

– Şu vatan farzandi sifatida, albatta, foydam tegişini istardim. Şuning uçun ham maqola yozdim, siz bilan suhbatlaşyapman. Lekin siz kötarayotgan masala juda ham jiddiy.

Bu yerda ikkita muammo bor. Birinçidan, huquqiy masala. Men Kanadada davlat işida işlayman. Ikki davlat örtasida kelişuv bölmagan taqdirda bunday jarayonga aralaşa olmayman.

Ikkinçidan, masofadan turib loyiha-smeta hujjatlari, quriliş hujjatlarini özim tekşirib, xulosani bera olamanmi, degan savolga yöq degan bölardim. Çunki siz mutaxassis emassiz, u yerda körib çiqilişi kerak bölgan ma'lumotlar, hujjatlar hajmini tasavvur ham qila olmaysiz. Loyiha-smeta hujjatlari bir neça jild bölişi mumkin, bir neça yuz varaq böliş mumkin. Ularning har birini sinçiklab örganişim, injyenerlik hisob-kitoblarimni qilişim şart. Bu yuzaki baho beradigan narsa emas.