Arab davlatlari Isroilni bosib olingan Ğarbiy sohilni anneksiya qilişga çaqirayotgani uçun keskin tanqid qilib, bunday harakatlar xalqaro huquqning töğridan töğri buzilişi va tinçlikni yanada qiyinlaştiradigan xavfli qadam ekanini ta’kidladi.
Falastinning WAFA axborot agentligiga köra, Falastin ma’muriyati matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyna bunday çaqiriqlarni rad etib, «mintaqa vulqon otilişi yoqasida turgani» haqida ogohlantirgan. Uning ta’kidlaşiça, isroillik siyosatçilarning bayonotlari xalqaro qarorlar va qonunlarga zid keladi va Isroilning Falastin masalasini yöq qiliş rejalarini amalga oşirişga bölgan qat’iy urinişlarining bir qismidir.
Saudiya Arabistoni ham Isroil adliya vaziri Yariv Levinning bayonotlarini qoralab, u xalqaro qarorlarga zid ekanini ta’kidladi. Podşohlik bayonotida Falastin hududidagi yahudiy aholi punktlarini kengaytirişga qaratilgan har qanday urinişlarni rad etiş, şuningdek, Isroilga xalqaro qonunlarga rioya qiliş uçun bosim ötkaziş kerakligi aytilgan.
Qatar Taşqi işlar vazirligi Levinning «anneksiya zarurati» haqidagi bayonotlarini Isroilning «ötroqçilik, mustamlakaçilik va irqçilik siyosati»ning körinişi deb atadi. Qatar bu xalqaro huquqning oçiqdan oçiq buzilişi ekanligini ta’kidlab, xalqaro hamjamiyatni Isroilning xavfli qadamlariga, jumladan, Quddusni yahudiylaştiriş rejalariga qarşi kuraşiş uçun zudlik bilan sa’y-harakatlarni birlaştirişga çaqirdi.
Kuvayt, şuningdek, Isroil rasmiylarining okkupatsiya Ğarbiy sohilni ham qamrab olişi haqidagi çaqiriqlarini keskin qoraladi. Kuvayt Taşqi işlar vazirligi BMT Xavfsizlik kengaşini xalqaro qonuniylikni himoya qiliş hamda mintaqada tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş mas’uliyatini öz zimmasiga olişga çaqirdi.

















