– Sardobadagi falokatning ilk soatlarida suv omboridan chiqqan suv Arnasoyga yo‘naltirilgani, dambadan suv chiqishi kamaygani ma'lum qilingandi. Biroq bu ma'lumot haqiqatdan uzoq bo‘lib chiqdi. To‘g‘ondan suv kun davomida chiqib turdi, natijada Qozog‘istondagi minglab uylar ham suv ostida qoldi. Bu darajadagi xatoga yo‘l qo‘yish, ehtimoliy xavf darajasini baholay olmaslikning sabablari nima bo‘lishi mumkin? Nahotki, O‘zbekistonda irrigatsiya tizimi, gidrotexnik inshootlar bilan ishlash shu qadar orqada qolgan?

– Sardoba fojiasi va Toshkent metropolitenida kuzatilgan holatlarning hammasi biz ko‘rib turgan natijalar, xolos. Aslida, biz natijalar bilan emas, uni yuzaga chiqargan sabablar bilan ishlashimiz kerak. Bu shunchaki oddiy avariya emas, O‘zbekistondagi qurilish sohasiga oid butun jarayonni ko‘rsatib beradigan holat deb o‘ylayman.

Suv oqimi Arnasoyga yo‘naltirilgan. Sardoba aholisi Jizzaxdagi maktab va kollejlarga joylashtirilmoqda

Davlat bu masalaga jiddiy e'tibor qaratishi va rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganishi, amaliyotga joriy qilishi lozim.

Birinchi navbatda, bunday obektlar tender asosida qurilish uchun topshirilishi lozim. Masalan, Kanadada qiymati 25 ming AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan har qanday loyiha: oddiy mahsulotni sotib olishdan tortib, qurilishgacha bo‘lgan har qanday ish shaffof tarzda tenderlar asosida hal qilinadi.

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov har bitta suv ombor qurilayotgan joyning relefidan kelib chiqib, uning konstruksiyasi tanlanishi, relef yassi bo‘lgan joylarda, asosan, tuproq-tosh aralash to‘g‘onlar, ikki tog‘ orasidagi daralarda esa beton yoki temir konstruksiyali to‘g‘onlar qurilishini