«Sardoba» suv omborida 1 may kuni röy bergan texnogen falokat, undan avvalroq Buxoro viloyatida yuz bergan kuçli şamol oqibatida uylarning vayron bölişi, Toşkent metrosi qurilişidagi fojia va boşqa köplab qurilişda röy berayotgan turli darajadagi halokatlarga fikr bildirişni özimning insoniy, professional va ma'naviy-ahloqiy burçim deb bildim.

Hozirda, bu falokatlar quriliş sohasida çuqur ildiz otgan korrupsiya tufayli röy bergani haqida köp gapirilmoqda. Masalaning bu tomonini huquqni muhofaza qiluvçi organlarga qoldirgan holda, men bir professional injyener va loyihalarni boşqaruvçi mutaxassis sifatida «Sardoba» suv omboridagi falokat sabablari, Özbekistonda quriliş sohasi, injyenerlik sohasi va quriliş jarayonida injyenerning iştiroki xaqida öz fikr-mulohazalarimni bildirişni, hamda quriliş sohasini yaxşilaş borasida ba'zi bir tavsiyalarimni bayon etişni istar edim.

Şarofiddin Qaraboyev

Sardoba suv omboridagi falokat sabablari böyiça menda ikkita taxmin bor:

1. Loyihalaş jarayonidagi xatolar

2. Quriliş jarayonida texnik me'yorlar buzilişi

Keling, ularni birma-bir körib çiqaylik.

1. Loyihalaş jarayonidagi ehtimoliy xatolar

a) Suv ombori uçun notöğri joy tanlangan bölişi mumkin. Quriliş möljallangan hududda tuproqning tarkibiy qismi va xossalari, xususiyatlarini aniqlaş va tahlil qiliş kerak edi. Qurilişning iqtisodga, odamlar hayotiga, tabiatga, iqlimga va hayvonot olamiga ijobiy va salbiy ta'sirini örganiş va tahlil qiliş zarur edi. Ehtimoliy halokat oqibatlari oldindan modellaştirilib, falokat natijasida keltiriladigan zarar taxminan hisob-kitob etilişi va agar zarar miqdori katta bölsa, suv ombori qurilişni boşqa joyga köçirişlari lozim edi.

b) Töğon devorlarining suv massasi bosimiga çidamlilik darajasini va töğon qurilişida işlatiladigan materiallarning suv ta'sirida yemiriliş darajasi töğri aniqlanmagan bölişi mumkin.

Odatda, suv omborlari strategik obektlar hisoblanadi, şuning uçun ham bunday obektni loyihalaşga jiddiy yondaşiladi. Bu erda asosiy e'tibor töğon devorlarining suv massasi bosimiga çidamlilik darajasini va töğon qurilişida işlatiladigan materiallarning suv ta'sirida yemiriliş darajasini töğri aniqlaşga qaratiladi. Ya'ni töğon ham bosimga, ham eroziyaga çidamli bölişi kerak.