Kanadada yaşovçi özbek muhandisi Şarofiddin Qaraboyev 404 mln dollar evaziga bunyod etilgan Sardoba suv ombori töğonida xavfdan ogohlantiruvçi sensorlar örnatilmagani haqida töxtalib, buni «qimmatga tuşuvçi tejamkorlik» deb atadi. U Kun.uz’ga bergan intervyusida bunday tizim özbekistonlik rasmiylar aytganidek qimmat emasligi, axborot texnologiyalari bozoridan istalgan narxdagi ogohlantiriş tizimini topiş mumkinligini aytib ötdi.
– Sardobadagi falokatning ilk soatlarida suv omboridan çiqqan suv Arnasoyga yönaltirilgani, dambadan suv çiqişi kamaygani ma'lum qilingandi. Biroq bu ma'lumot haqiqatdan uzoq bölib çiqdi. Töğondan suv kun davomida çiqib turdi, natijada Qozoğistondagi minglab uylar ham suv ostida qoldi. Bu darajadagi xatoga yöl qöyiş, ehtimoliy xavf darajasini baholay olmaslikning sabablari nima bölişi mumkin? Nahotki, Özbekistonda irrigatsiya tizimi, gidrotexnik inşootlar bilan işlaş şu qadar orqada qolgan?
– Sardoba fojiasi va Toşkent metropolitenida kuzatilgan holatlarning hammasi biz körib turgan natijalar, xolos. Aslida, biz natijalar bilan emas, uni yuzaga çiqargan sabablar bilan işlaşimiz kerak. Bu şunçaki oddiy avariya emas, Özbekistondagi quriliş sohasiga oid butun jarayonni körsatib beradigan holat deb öylayman.
Davlat bu masalaga jiddiy e'tibor qaratişi va rivojlangan davlatlar tajribasini örganişi, amaliyotga joriy qilişi lozim.
Birinçi navbatda, bunday obektlar tender asosida quriliş uçun topşirilişi lozim. Masalan, Kanadada qiymati 25 ming AQŞ dollaridan yuqori bölgan har qanday loyiha: oddiy mahsulotni sotib olişdan tortib, qurilişgaça bölgan har qanday iş şaffof tarzda tenderlar asosida hal qilinadi.
– Suv xöjaligi vaziri örinbosari Vohidjon Ahmadjonov har bitta suv ombor qurilayotgan joyning relefidan kelib çiqib, uning konstruksiyasi tanlanişi, relef yassi bölgan joylarda, asosan, tuproq-toş aralaş töğonlar, ikki toğ orasidagi daralarda esa beton yoki temir konstruksiyali töğonlar qurilişini aytib ötdi
Mavzuga oid
.
Ma'lum bölişiça, Sardobadagi asosiy töğon ziçlangan maxsus tuproqdan qurilgan, uning yuza qismi qismiga töliq harsangtoşlar tökilgan bölgan. Ya'ni, u toşli va tuproqli suv omborlar sirasiga kiradi. Mana şunday gidroinşootni qurişga 404 mln dollar sarflanişi mumkinmi? Tender ötkazilmagandan keyin bu kabi savollar yuzaga çiqaveradi, mutaxassis sifatida bu boradagi fikrlaringiz har bir özbekistonlik uçun qiziq.
– Vazir örinbosari bergan ma'lumot töğri. Dunyoda turli xil materiallardan quriladigan suv omborlari mavjud. Xususan, tuproq-toş aralaş quriladigan töğonlar tekis va nisbatan yassi hududlar uçun mos sanaladi. Lekin tuproqning yuza qismi, ya'ni suvni töxtatib qoladigan qismi mustahkamlanadi. Ma'lum bölişiça, bu harsangtoşlar bilan qoplangan.
Muhandislik şunday kasbki, u heç qaçon faqat bitta variant bilan işlamaydi. Çunki u tanlagan öşa bitta variant xato bölib çiqişi va buning bilan jamiyatga zarar yetişi, davlatga qimmatga tuşişi mumkin. Şuning uçun hammasini hisobga olgan holda bir neça variantlar ustida işlaş lozim.
Özbekiston hududida qurilişlar sifatini xorijiy davlatlarniki bilan tenglaştirib bölmaydi. Buni sodir bölib turgan avariyali holatlar ham körsatib turibdi. Nahotki, loyihaçilar bu vaziyatda xavf borligini hisobga olişmagan?
Masalan, öquv dasturlarida töğonning yuzasi faqat harsangtoşlar bilan qoplansin, deb yozilmagan. Bu jarayonda armatura yoki tayyor beton plitalardan yo suv bosimiga çidamli yelim materiallardan ham foydalaniş mumkin.
404 million dollar kiçik pul emas.
Yana bir jihatga töxtalib ötişimiz mumkin. Qurilişda «Safety factor», ya'ni xavfsizlik omili hisobga olinişi kerak. Ya'ni siz qurgan inşoot kutilganidan ham köproq natija körsatişi, çidab berişi kerak. Masalan, 5 tonna yuk kötarişga möljallangan yuk maşinasi 7-8 balki 10 tonna yuk kötara olişga möljallangan bölişi kerak. Lekin uni topşirişda «Bu maşina faqat 5 tonna yuk kötaradi», deb aytiladi. Bu bilan xavfsizlik ta'minlangan böladi.
Menimça, loyihaçilar «Sardoba» suv ombori uçun beton armaturalarni tanlaşi ham mumkin edi. Bilaman, bu balki ortiqça xarajat bölişi mumkin. Lekin hisob-kitob qilib körilsa, ortiqça işlatilişi mumkin bölgan bir neça million dollar inşootning foydalaniş muddatini uzaytiradi, natijada, uning tannarxi pasayadi va xavfsizlik darajasi oşadi. Ya'ni, agar harsangtoş örniga beton-armaturalar örnatilganda bugungiday zararlaniş holatlari kuzatilmagan bölardi.
Şarofiddin Qaraboyev
–Yuqorida xavf darajasini aniqlaş haqida ham aytib ötdingiz. Fojia haqida birinçi bölib bedana ovlovçilar xabar berişgani haqida ma'lumotlar bor. Sardobaliklardan birining aytişiça, suv töğondan keçasi soat 2larda sizib çiqa boşlagan, aholini esa soat 6larda evakuatsiya qiliş boşlangan.
Bularning barçasi muammolar tizimli ekanini körsatmoqda. Ya'ni suv omborlari avariyadan ogohlantiruvçi sensorlar bilan jihozlanmagan. Strategik inşootlar atrofida yaşovçi aholini falokat paytida vaqtida ogohlantiriş, ularning nafaqat hayoti, balki mol-mulkini asrab qoliş çoralari körilmagan. Har holda röy bergan holatlar şunday xulosalar çiqarişga undamoqda. Siz uşbu fojia zamirida yana qanday muammolarni köryapsiz?
– Men mutaxassis sifatida bunday öpiriliş, töğon buzilişi bir kunda sodir böladigan voqea emas, deb öylayman. Tuproqning ham öziga xos xossalari va xususiyatlari mavjud.
Tuproq turlariga qarab uning suvga töyiniş darajasi ham farqlanadi. Uning suvga optimal töyiniş darajasi bor. Bunda tuproq suvga çidamli böladi va öz şaklini özgartirmaydi. Agar tuproq tarkibidagi namlik oşaversa, u plastik darajaga yetadi. Bunda tuproq yumşoq va plastik holatga keladi: undan xohlagan narsa yasaş mumkin bölib qoladi. Agar tuproqning suvga töyiniş darajasi bundan ham yuqorilasa, maksimal holatga yetadi va uning suyulişi kuzatilişi mumkin. Bunda tuproq öz tarkibidagi suvni uşlab turolmay suv bilan oqib ketadi.
Demak, tuproqning suvga töyiniş darajasi optimaldan plastik va maksimal darajaga yetib, söng suyuliş holatiga kelişi uçun ma'lum muddat kerak böladi.
– Tuproq bir kunda ivib, bir kunda töğon öpirilişiga tayyor bölib qolmagan töğrimi? Buning uçun bir neça kun ötgan. Ehtimoliy falokatni oddiy köz bilan ham köriş mumkinmidi?
– Albatta, töğon foydalanişga topşirilgandan söng uni boşqaruvçi va nazorat qiluvçi taşkilotlar böladi. Ular har kuni belgilangan vaqtlarda töğonga örnatilgan sensorlar uzatayotgan belgilarni yozib borişi şart.
Kanadada bu jarayonlar texnologiyalar orqali boşqaruv pulti bilan ham amalga oşiriladi. Biroq nazoratçilar bevosita nazoratni amalga oşirişi va tuproqning töğondagi holatini «Visual inspection» - köz bilan nazorat qilişi şart. Bundan taşqari, videokuzatuv uskunalari bölişi kerak. Agar bu işlar amalga oşirilmagan bölsa, demak, bu juda katta xato.
– Sardobadagi suv omborida mahalliy ogohlantiriş qurilmalari va sensor moslamalari kabi texnik qurilmalar joriy etilmagan. Ammo bularni amalga oşiriş ma'lum taşkilotlarga biriktirilgan edi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boşqarma boşliği Komiljon Aripov Sardobada xavf zonasidagi hududlarda falokatdan xabar qiliş uçun tovuşli vositalar örnatiş belgilangani, ammo xabar beriş tizimi juda qimmat turişi sababli bu işlar bajarilmay qolib ketganini aytgandi. Bu esa undan katta xarajat, yöqotiş va ovoragarçiliklarga sabab böldi.
Masalaning yana bir qiziq tomoni, Niderlandiyada joylaşgan DELTARES mustaqil tadqiqot markazi ekspertlari Sanjay Giri va Gennadiy Donçitsning aytişiça, aholini xavfdan ogohlantiriş juda oson va u qimmat emas. Uşbu olimlarning tadqiqotlari bilan tanişmisiz? Sizningça, özbekistonlik rasmiy bergan ma'lumot töğrimi yoki xorijlik tadqiqotçilarning xulosasi?
– Men niderlandiyalik mutaxassislar fikrini qöllab-quvvatlayman. Hozir kompyuter va axborot texnologiyalari juda rivojlangan. Bu bozor şunday rivojlanganki, undan qimmat, örtaça va arzonini tanlaş imkoni mavjud. 404 million dollar sarflangan loyiha uçun ogohlantiriş moslamalarini sotib oliş arzimagan narsa, aslida. Buni «Qimmatga tuşuvçi tejamkorlik» deyişadi. Ya'ni qurilişda 10 söm tejayman deb, butun boşli uydan ayrilib qoliş ham mumkin.
Texnologiyalar bozori mahsulotlarga boy. Uning sotuvçilari töğon uçun kerakli 10dan ortiq muqobil variantdagi texnologiyalarni körsatişi mumkin edi. Quriliş işlariga katta mablağ sarflayotgan Özbekiston hukumati bunga qarşi bölardi deb öylamayman. Çunki bu yerda gap masalani töğri kötariş va rahbariyatga töğri yetkaziş bilan boğliq. Agar şunday qilinganda, aminmanki, hukumat bunga şaroit qilib bergan bölardi.
– Ya'ni yuzaga keladigan xavf kölami töğri tuşuntirilganda, loyiha-smetasida közda tutilganidan oşirib bölsa-da, qöşimça mablağ topilgan bölardi. Töğrimi?
– Töğri. Har bir soha, har bir iş uçun alohida tender ötkaziladi. Şunday katta loyiha amalga oşirilayotgan paytda uning loyihasidan tortib boşqa işlargaça - hammasi uçun bitta tender ötkaziş notöğri. Masalan, Kanadada loyihaning özi uçun alohida tender ötkaziladi va unga qatnaşayotgan konsalting firmalarining tarixi, ular bajargan buyurtmalar, taklif qilayotgan narx örganiladi.
Xuddi şunday, xavfsizlikni ta'minlovçi jihozlar sotib oliş va örnatiş vazifasini bajaruvçi taşkilot tanlanişi kerak bölganda ham uni tender asosida tanlaş lozim edi.
Bizga yaqin bölgan Turkiya, Rossiyada ham yaxşi iş olib borayotgan kompaniyalar juda köp. Öylaymanki, hukumat ulardan birini tanlaşi mumkin edi.
– Özbekistondagi gidroinşootlar bilan yaxşi taniş DELTARES mustaqil tadqiqot markazi ekspertlari töğon uzoq vaqt davomida tanaffuslar bilan qurilgani - öpiriliş sabablaridan biri bölişi mumkin degan taxminni ham ilgari surişmoqda. Ular bu fikrni mamlakatdagi gidroinşootlar bilan yaxşi taniş bölgan olimlar sifatida bildirişmoqda.
Ularning tadqiqotidan ayon böladiki, töğonning öpirilgan qismi oxirgi bosqiçlarda qurilgan. Qurilişdagi tanaffuslar sababli töğon devorlarining deformatsiyasi bir tekisda va özaro hamohang tarzda keçmagan, bu esa oxir-oqibatda öpirilişga olib kelgan bölişi mumkin.
Mutaxassis sifatida ayting-çi, bu taxminda asos bormi?
– Albatta, asos bor. Har qanday inşoot qurilgandan söng tuproqda çökiş böladi. Uy qurayotgan özbek ham fundament qurib bölgaç, qolgan işlarni tuproq çökib, joylaşişi uçun bir yilgaça töxtatib turadi.
Agar töğon 7 yil davomida qurilgan bölsa, uning turli örinlarida deformatsiya turli darajada keçişiga sababçi bölgan. Natijada esa boşqa devorlar yaxlitligi buzilgan bölişi mumkin. Şuning uçun bu taxmin örganilişi zarur.
Turli oçiq manbalar orqali fojia sabablarini örganiş bilan şuğullanuvçi komissiya tarkibiga Fransiya, Turkiya va Rossiyadan yetuk mutaxassislar taklif qilingani haqida ma'lumotlar berildi. Xorijdan mutaxassis taklif qiliş şart. Çunki ulardagi tajriba Özbekistondagidan farq qilişi mumkin. Lekin bu Özbekistondagi mutaxassislarning özi tekşiruv ötkaza olmaydi degani emas.
Kanada universitetlarida dars beruvçi professorlar bizga loyihalarni tahlil qilişda yordam berişadi. Özbekistonda ham şu tajribani joriy qiliş, mahalliy va xorijiy universitetlarida dars beruvçi professorlarni ham bu kabi işlarga taklif qiliş zarur, deb öylayman.