Özbekiston bugun ulkan quriliş maydoniga aylangan. Quriliş sohasida bölayotgan yangiliklar, soha oldiga qöyilgan vazifalar, mavjud muammolar va ularni hal etiş yöllari haqida Quriliş vazirining örinbosari Şuhratxöja Rahmatjonoviç Hoşimov bilan suhbatlaşdik.
«Qurilişda korrupsiya va taşmaçilikning oldini oliş, sifatning yöqolişini bartaraf etiş qurilişda işlovçi xodimlarning, nazoratçilarning maoşlarini oşiriş masalalari körib çiqilmoqdami?» degan savolga vazir örinbosari şunday javob berdi:
— Oçiq aytişimiz kerak, bugungi kunda buyurtmaçi xizmati institutini öz örniga qöyib, rivojlantirişimiz kerak. Çunki qurilişdagi asosiy «dirijyor» — buyurtmaçi hisoblanadi. Buyurtmaçi qurilişning loyihasidan tortib, uni foydalanişga topşiriş uçun mas'ul.
Bugungi kunda buyurtmaçi xizmatini kadrlar bilan ta'minlaş, ularning texnik bazasini mustahkamlaş, tegişli nizomlarni işlab çiqib, obektlarda buyurtmaçi tomonidan tölaqonli nazoratni joyiga qöyadigan bir hujjat işlab çiqişga ehtiyoj bor, nazarimda.
Ikkinçi masala — quriliş sohasidagi buyurtmaçilarning iqtisodiy nuqtai nazardagi masalalarini yeçiş uçun tegişli asoslarini ham qayta körib çiqiş kerak.
Agar qilinadigan işlar hajmi köpaysa, ular zarur miqdorda texnik-nazorat xodimlarini işga qabul qiliş imkoniyatiga ega. Buyurtmaçilarning xarajatlari, degan tuşunça bor, şuni hisob-kitob qilişda biroz yuzaki yondaşişadi. Iqtisodiy jihatdan masalaga yuzaki yondaşgani uçun ularda disbalans paydo böladi. Ya'ni, işni qiliş kerak, biroq uning iqtisodiy asosi yöq. Bularning barçasini bir-biri bilan çambarças boğlab, iş aql-idrok bilan töğri taşkillaştirilsa, bu muammolarning barçasini yeçiş mumkin, — deydi Şuhratxöja Hoşimov.
Şuningdek, vazir örinbosari quruvçi institutining iqtisodiy, taşkiliy tuzilma masalalari, ular tomonidan olib borilayotgan işlarni bir tizimga soliş kerakligini ta'kidladi. Bunda barçasi qabul qilingan qonunçilik me'yoriy hujjatlari doirasida va hisob-kitoblar bilan asoslantirilgan bölişini aytib ötdi.
Davlat mablağlari evaziga olib borilayotgan quriliş işlarini şaffoflaştiriş mexanizmini joriy etiş masalasida Şuhratxöja Hoşimov şunday dedi:
— Avvaldan özbek mentalitetida oilani halol luqma bilan boqiş, mas'uliyatni his qiliş, işga nisbatan hurmat va işlaş madaniyati kabi jihatlar bölgan. Bunga isbot — yurtimizdagi bir neça asrlar muqaddam qad rostlagan binolar hanuz barçani hayratga solib kelmoqda. Bu öşa paytlar quriliş madaniyati, saviya neçoğlik yuqori bölganidan dalolat beradi.












