Kanadada yaşayotgan özbek injyeneri - Sardoba fojiasi va qurilişdagi inqiroz haqida
|15:07 / 20.05.2020226 40013 min
Kanadada istiqomat qilayotgan vatandoşimiz, professional injyener Şarofiddin Qaraboyev Sardoba voqeasi yuzasidan öz mulohazalarini Kun.uz`ga taqdim etdi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
«Sardoba» suv omborida 1 may kuni röy bergan texnogen falokat, undan avvalroq Buxoro viloyatida yuz bergan kuçli şamol oqibatida uylarning vayron bölişi, Toşkent metrosi qurilişidagi fojia va boşqa köplab qurilişda röy berayotgan turli darajadagi halokatlarga fikr bildirişni özimning insoniy, professional va ma'naviy-ahloqiy burçim deb bildim.
Hozirda, bu falokatlar quriliş sohasida çuqur ildiz otgan korrupsiya tufayli röy bergani haqida köp gapirilmoqda. Masalaning bu tomonini huquqni muhofaza qiluvçi organlarga qoldirgan holda, men bir professional injyener va loyihalarni boşqaruvçi mutaxassis sifatida «Sardoba» suv omboridagi falokat sabablari, Özbekistonda quriliş sohasi, injyenerlik sohasi va quriliş jarayonida injyenerning iştiroki xaqida öz fikr-mulohazalarimni bildirişni, hamda quriliş sohasini yaxşilaş borasida ba'zi bir tavsiyalarimni bayon etişni istar edim.
Şarofiddin Qaraboyev
Sardoba suv omboridagi falokat sabablari böyiça menda ikkita taxmin bor:
1. Loyihalaş jarayonidagi xatolar
2. Quriliş jarayonida texnik me'yorlar buzilişi
Keling, ularni birma-bir körib çiqaylik.
1. Loyihalaş jarayonidagi ehtimoliy xatolar
a) Suv ombori uçun notöğri joy tanlangan bölişi mumkin. Quriliş möljallangan hududda tuproqning tarkibiy qismi va xossalari, xususiyatlarini aniqlaş va tahlil qiliş kerak edi. Qurilişning iqtisodga, odamlar hayotiga, tabiatga, iqlimga va hayvonot olamiga ijobiy va salbiy ta'sirini örganiş va tahlil qiliş zarur edi. Ehtimoliy halokat oqibatlari oldindan modellaştirilib, falokat natijasida keltiriladigan zarar taxminan hisob-kitob etilişi va agar zarar miqdori katta bölsa, suv ombori qurilişni boşqa joyga köçirişlari lozim edi.
b) Töğon devorlarining suv massasi bosimiga çidamlilik darajasini va töğon qurilişida işlatiladigan materiallarning suv ta'sirida yemiriliş darajasi töğri aniqlanmagan bölişi mumkin.
Odatda, suv omborlari strategik obektlar hisoblanadi, şuning uçun ham bunday obektni loyihalaşga jiddiy yondaşiladi. Bu erda asosiy e'tibor töğon devorlarining suv massasi bosimiga çidamlilik darajasini va töğon qurilişida işlatiladigan materiallarning suv ta'sirida yemiriliş darajasini töğri aniqlaşga qaratiladi. Ya'ni töğon ham bosimga, ham eroziyaga çidamli bölişi kerak.
Mavzuga oid
Agar qurilişda işlatiladigan materiallar yuqoridagi talablarga javob bermasa, u holda devorlar mustahkamligini oşiriş uçun beton va armatura işlatiş şart böladi.
Hozirda hammaga ma'lum böldiki, «Sardoba» suv ombori qurilişida beton va armatura işlatilmagan. Xuddi mana şu loyihalaşdagi ehtimoliy xato bölişi mumkin.
2. Quriliş jarayonida texnik me'yorlar buzilişi
a) Qurilişda işlatiladigan materiallar sifati loyihada körsatilgan standartlar va me'yorlarga mos kelmasligi mumkin.
Suv ombori qurilişda işlatilgan tuproq va şağal materiallar sifati loyihadagidan past bölgan bölsa, şu tufayli töğon devorlari bosimga yoki eroziyaga doş bera olmagan bölişi ehtimol.
b) Quriliş me'yorlariga rioya etilmagan bölişi mumkin. Odatda suv ombori devorlari qatlam-qatlam bunyod etiladi. Bunda har bir qatlam qalinligi 15–30 sm.dan oşmasligi kerak, ya'ni har bir qatlam oğir ziçlovçi texnikalar yordamida loyihada körsatilgan darajada ziçlanadi va test sinovidan ötgandan söngra keyingi qatlamni bunyod etişga kirişiladi.
Agarda bu qoidaga rioya etilmasa, tuproq va şağallarda böşliqlar (ğovakliklar) qolib ketadi. Suv aynan şunday böşliq-ğovakliklar orqali öziga yöl topib va devorni teşib, buning natijasida öpiriliş yuzaga kelişiga sababçi bölgan bölişi mumkin.
Afsuski, Sardoba suv omboridagi falokat Özbekistondagi qurilişlardagi birinçi va oxirgi halokat emas. Şuning uçun ham men bugun köproq qurilişda sifatni yaxşilaşga yordam beruvçi boşqa omillar haqida töxtalib ötmoqçi edim.
Köpçilikka ma'lumki, har qanday quriliş loyihasini amalga oşirişda injyenerlarning roli beqiyos. Ular loyihalarning har bir bosqiçida: yangi inşootlarni loyihalaşda, rejalaşda, qurilişni boşqarişda, sifatni nazorat qilişda va qurilgan inşootlarni qabul qilib olişda faol qatnaşadilar.
Qurilişni loyiha asosida barça texnik standartlar va talablarga mos ravişda muvaffaqiyatli va sifatli qilib yakunlaş injyenerlar zimmasidagi asosiy vazifalardan biridir. Injyenerlar faoliyati faqat quriliş sohasi bilan çeklanib qolmaydi. Ular maşinasozlik, işlab çiqariş sanoati, energetika, transport, konçilik, neft va gaz sanoati, qişloq xöjaligi kabi köplab sohalarda iştirok etadilar.
Özbekistonda mamlakat iqtisodiyoti uçun öta muhim bölgan injyenerlik sohasi hozirgaça yaxşi taşkillaştirilmagan, muvofiqlaştirilmagan, monitoring va nazorat qilinmaydi. Injyenerlik sohasi dunyoning köplab davlatlarida litsenziyalangan soha hisoblanadi. Faqat injyenerlik sohasidagi oliy ma'lumotning özi injyenerlik faoliyati bilan şuğullaniş va özini injyenerman, deb ataşga huquq bermaydi.
Misol uçun, Kanadada injyenerlik bilan şuğullaniş uçun siz Kanada injyenerlik regulyatorlari (Injyenerlar assotsiatsiyasi)dan birining litsenziyasiga ega bölişingiz kerak. Lisenziyalaş uçun aniq talablar regulyator tomonidan belgilanadi, odatda bajarilişi şart bölgan beşta mezon mavjud:
1. Akademik talablar: Kanada injyenerlik akkreditatsiyasi kengaşi tomonidan tasdiqlangan injyenerlik dasturida bakalavriat darajasiga yoki şunga öxşaş malakaga (çet davlatlarda olingan ta'lim) ega böliş;
2. Iş tajribasi: Siz litsenziya oliş uçun murojaat qilgan provinsiya yoki hududda tört yillik injyenerlik tajribasiga ega böliş;
3. Kasb va etika: Professional amaliyot (ahloq va qonun) va injyenerlik asoslari imtihonlarini topşiriş.
4. Yaxşi xulq-atvor: Da'vogarlar yaxşi xulq-atvorni namoyiş etişlari kerak.
5. Tilni biliş: Arizaçilar litsenziya oliş uçun murojaat qilgan provinsiya yoki hududga qarab ingliz yoki fransuz tillarida işlaş qobiliyatini namoyiş etişlari kerak.
Özbekistonda ham injyenerlik sohasini litsenziyalaş zarur, çunki injyenerlik bu eksklyuziv — öziga xos soha. Özbekistonda injyenerlik sohasini litsenziyalaş nafaqat quriliş, balki iqtisodiyotning barça sohalariga ijobiy ta'sir etadi.
Biz tevarak-atrofimizda hamma joyida injyenerlik mahsulini körişimiz mumkin. Biz yaşayotgan va işlayotgan binolar, sayohat qilayotgan transport vositalarimiz, yöllar, köpriklar, foydalanilayotgan zamonaviy aloqa vositalari, turli işlab çiqariş uskunalari va hokazolar — hammasi aynan injyenerlar tomonidan yaratiladi.
Lisenziyaga ega professional injyener özi çizgan dizayn yoki yaratgan mahsulot sifatini kafolatlaydi va javobgarlikni öz zimmasiga oladi.
Misol uçun, men Kanadada injyenerlik faoliyati bilan şuğullaniş uçun litsenziyaga egaman. Menda Kanada Injyenerlar assotsiatsiyasi tomonidan berilgan, mening nomim yozilgan sertifikat va şaxsiy muhrim bor.
Özim tayyorlagan loyiha hujjatlariga muhr bosib imzolayman, bu bilan men öz mehnatim sifatini kafolatlayman va bunga töliq mas'ulman. Mana şunday mas'uliyat injyenerlarni har doim özi ustida işlaşga, tinimsiz bilimi va malakasini oşirişga undaydi. Bu esa öz navbatida ular yaratayotgan mahsulotlar sifatini yaxşilaydi va xavfsizlik darajasini oşiradi.
Şaxsan men Kanadada köplab sanoat obektlari, infrastruktura inşootlari, katta avtomagistrallarni loyihalaşda, quriliş sifatini nazorat qilişda va davlat ahamiyatiga ega loyihalarni boşqarişda qimmatli tajribaga ega bölişimga qaramasdan, doimo bilim va malakamni oşirib borişga harakat qilaman. Bu mening professional va ma'naviy-ahloqiy burçimdir.
Xöş, Özbekistonda bu sohada ahvol qanday? Özbekiston muhandislar-konsultantlar uyuşmasi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi qaroriga (PQ-3939-son «Hududlarda tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini jadal amalga oşirişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida») binoan taşkil etilgan.
Uyuşmaning maqsadi – yirik, murakkab va strategik muhim investitsiya loyihalari uçun muhandislik va konsalting xizmatlarini bosqiçma-bosqiç import örnini bosiş, deb belgilangan. Mana, salkam ikki yildirki bu taşkilot keng jamoatçilikka özini tanita olmadi va jamiyatda öz örnini topa olgani yöq. Özbekistonda bunday taşkilot borligini köpçilik injyenerlar haligaça bilişmaydi ham.
Men Kanadada işlasam xam, Özbekiston muhandislar-konsultantlar uyuşmasiga a'zo böliş uçun 2019 yilning avgustida ularga elektron poçta orqali savol yölladim, ammo şu vaqtga qadar ulardan javob olganim yöq. Mana şuning özi ham bu taşkilot faoliyati qanday darajada ekanini yaqqol körsatib turibdi.
Vaholanki, bu uyuşma Özbekistondagi barça injyenerlarni va injiniring-konsultant firmalarni a'zolikka olişi, ularning faoliyatini muvofiqlaştirişi va tartibga solişi zarur edi.
Öylaymanki, agar iş şunday davom etsa, Özbekistonda bu soha yana ança vaqtgaça nazoratsiz, taşkillaştirilmagan va muvofiqlaştirilmagan holda qolaveradi.
Özbekistonda şunday muhim soha nazorat qilinmasligi hamda injyenerlarning malakasi va bilimi tekşirilmasligi – qurilişlarda sifatning pastligining va buning oqibatida turli halokatlar sodir bölayotganining sabablaridan biri, desak böladi. Çunki nazorat va talab bölmagan joyda sifat ham bölmaydi.
Mana endi Özbekistondagi quriliş sifatini yaxşilaş uçun nimalar qilinişi lozim, degan savolga javob berişga harakat qilamiz.
Men quyidagi işlarni amalga oşirişni taklif qilgan bölardim;
1.Oliy öquv yurtlarida injyener kadrlarni tayyorlaş böyiça ta'lim sifatini yaxşilaş. Öquv dasturlarini rivojlangan davlatlar dasturlariga yaqinlaştiriş.
2. Özbekistonda injyenerlik sohasini litsenziyalaş. Lisenziya — bu mas'uliyatdir. Işda xatoga yöl qöyiş esa litsenziyadan mahrum bölişga va injyenerlik faoliyatining töxtatilişiga olib keladi. Bunday holatda har bir injyener mas'uliyatni ön çandon ortiqroq his etadi, yetti ölçab bir kesadi. Sifatsiz materiallarni işlatişdan boş tortadi, quriliş standartlariga va normativlariga javob bermaydigan obektlarni qabul qilib olmaydi.
3. Quriliş loyihalarini boşqarişni haqiqiy professionallarga topşiriş. Katta lavozimda işlayotgan amaldorlarning hammasi ham loyihalarni boşqariş bilim va malakasiga ega emas, köp holatlarda ular tomonidan notöğri qarorlar qabul qilinayotganiga, işlar rejasiz va mantiqsiz ravişda olib borilayotganiga guvoh bölişimiz mumkin.
Professional loyiha boşqaruvçilari loyihani integratsiyalaşgan holda boşqariş, loyiha jadvali asosida boşqariş, loyiha xarajatlarini boşqariş, loyiha sifatini boşqariş, loyiha resurslarini boşqariş, loyihalarda xavf-xatarlarni boşqariş kabi köplab bilimlarga ega bölişlari zarur.
4. Quriliş loyihalarini yakunlaş muddatini qandaydir bayramlarga töğrilaş tajribasidan voz keçiş lozim. Quriliş jarayonining öz qonun-qoidalari bor va ularning bayramlarga heç qanday aloqasi yöq.
6. Quriliş böladigan joyni tanlaşga ilmiy nuqtayi nazardan yondaşiş, töliq geologik tadqiqotlar ötkaziş, quriliş möljallangan xududda tuproqning tarkibiy qismi va xossalari, xususiyatlarini aniqlaş va tahlil qiliş. Qurilişning iqtisodga, odamlar hayotiga, tabiatga, iqlimga va hayvonot olamiga ijobiy va salbiy ta'sirini örganiş va tahlil qiliş.
7. Qurilişda sifatni boşqarişni rejalaştiriş (Quality Control Management Plan). Har qanday inşootlar loyihalari, quriliş materiallari, bajarilgan işlar sifatini nazorat qiliş va quriliş jarayoni töğri taşkil qiliş professonal injyenerlar tomonidan amalga oşirilişi zarur.
Quriliş sifatini yaxşi boşqariş xatolar sonini kamaytiradi, loyihalarning öz vaqtida, budjet doirasida va sifatli bajarilişiga yordam beradi.
8. Inşootlarni quriş va foydalanişda xavf-xatarlarni boşqarişni örganiş (Risk Management). Inşootlarni qurişdagi va foydalanişdagi xatarlarni boşqariş xavflarni oldini oliş uçun zarur bölgan tadbirlarni rejalaştiriş, nazorat qiliş va boşqariş. Buning uçun xavfni aniqlaş va tahlil qiliş, xavf darajasini aniqlaş, xavfni boşqariş böyiça çoralar köriş, mavjud xavflarni boşqariş va minimallaştiriş zarur.
9. Loyihalarni boşqariş (Project Management) böyiça öquv kurslarini taşkil etiş va malakali mutaxassislarni tayyorlaş. Loyihalarni boşqariş bu – alohida fan va jiddiy sohadir.
Albatta, bitta maqolada quriliş sohasida amalga oşirilişi lozim bölgan hamma işlarni sanab beriş imkonsiz. Lekin şuni işonç bilan aytişim mumkinki, Özbekistonda quriliş sohasi tubdan isloh qilinişi lozim. Bu jarayonda rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalaniş juda foydali böladi.
Eslatma: Yuqoridagilar mening şaxsiy fikrlarim, heç qanday taşkilot yoki uyuşmalarga aloqasi yöq.
Şarofiddin Qaraboyev,
Kanada
Muallif haqida: Şarofiddin Qaraboyev Kanada şimoliy-ğarbiy hududlari hukumatining Infrastruktura departamentida loyihalarning katta boşqaruvçisi bölib işlaydi.
Kanada Injyenerlar uyuşmasi a'zosi, professional injyener. Kanada Quriliş uyuşmasining quriliş loyihalarini boşqariş böyiça oltin muhrli sertifikatiga ega.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi