Qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça yetakçi xalqaro kompaniyalardan biri hisoblangan Masdar (BAA) kompaniyasi Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt.ga teng bölgan dunyodagi eng yirik şamol elektr stansiyalaridan birini quradi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda BAA kompaniyasi örtasidagi investitsiya bitimini imzolaş marosimi 8 iyun kuni bölib ötdi. Unga köra, Masdar kompaniyasi şamol elektrostansiyasini loyihalaş, moliyalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qilişni ta'minlaydi.

Bu mazkur kompaniya tomonidan Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan ikkinçi yirik loyiha – Masdar ötgan yilning oktabr oyida davlat - xususiy şeriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyoş elektr stansiyasini quriş böyiça tender savdolarida ğolib deb e'lon qilingan edi. Mazkur loyihani amalga oşiriş böyiça tegişli şartnomalar 2020 yilning yanvar oyida imzolangan.

Şamol elektr stansiyasi qurilişi va kelgusida undan foydalanilişi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir körsatadi.

Birinçi navbatda, bu 600 mln dollardan ortiq miqdorda töğridan–töğri xorijiy investitsiyalarni loyihaga jalb qiliş bölib, quriliş bosqiçida ham, undan keyingi foydalanişda ham 1300 ta yangi iş örnining yaratilişidir.

Şamol elektr stansiyasi yiliga 500 000 dan ortiq uy xöjaliklari iste'moliga teng bölgan 1,9 gVt/s maqbul va arzon elektr energiyasini işlab çiqariş hisobiga respublika energiya muvozanatini diversifikatsiya qiladi va mustahkamlaydi.

Qayta tiklanuvçi energiya manbalarining zamonaviy texnologiyalarini joriy etiş, şuningdek, elektr energiyasini işlab çiqariş uçun işlatiladigan tabiiy gaz hajmini (yiliga 175 mln kub. metrgaça) eksportga va sanoat korxonalarining ehtiyojlariga yönaltiriş uçun kamaytiriladi hamda atmosferaga karbonat angidrid çiqarib taşlaşni sezilarli darajada kamaytiradi (yiliga 1,1 mln tonnaga).

Quriliş işlarini joriy yilning oxirigaça boşlab, birinçi navbatdagi generatsiya quvvatlarini (250 MVt.gaça) 2022 yilning örtalarida va barça quvvatlarni 2023 yilda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.