Deep knowledge group konsorsiumi tuzgan uşbu reyting 130 ta sifat va miqdor körsatkiçlari hamda 11400dan köproq band böyiça tuzilib, unda davlatlar kiritgan karantin çoralari samaradorligi, ular olib borayotgan monitoring, taşxislaş, soğliqni saqlaş tizimi tayyorligi va boşqa omillar hisobga olingan.

Reytingga umumiy hisobda 200 ta davlat kiritilgan. 

Reytingga köra, birinçi beştalikdan Şveytsariya, Germaniya, Isroil, Singapur va Yaponiya joy olgan. Birinçi öntalikni esa Avstriya, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya yakunlagan. 

Oxirgi örinlarni Liberiya, Afğoniston, Çad, Mali, Ruanda va Janubiy Sudan egallagan.

Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida Özbekiston 10-örinni, umumiy reytingda esa 121-örinni egallagan. Qöşni davlatlardan Qozoğiston 71-örinni, Qirğiziston 108-örinni, Tojikiston 124-örinni va Turkmaniston 131-örinni egallagan. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni 4404 nafarga yetdi, undan vafot etganlar 18 nafarni taşkil qilmoqda. Şu bilan birga, koronavirusdan 3354 kişi soğayib ketgan. 

Deep Knowledge Group ilmiy tadqiqotlardan tortib, investitsiyalar, tadbirkorlik, tahlillar, OAV, xayriya va boşqa köplab sohalarda işlovçi tijorat va notijorat taşkilotlari konsorsiumi hisoblanadi.