IIV YHXBBdagi manbalarning Kun.uz’ga xabar berişiça, «çiroyli» avtoraqamlarni auksion ötkaziş orqali realizatsiya qiliş tartibiga özgartirişlar kiritiş taklif etilmoqda.

Yangi tartibga köra, auksion savdolariga qöyilgan kundan boşlab 6 oy davomida sotilmagan I va II toifadagi davlat raqamlarini tegişliça II-III toifalarga bir poğonaga pastlatilgan holda realizatsiya qilinadi.

Şuningdek, auksion savdolariga qöyilgan kundan boşlab 6 oy davomida sotilmagan IV-VI toifadagi davlat raqamlarini auksion savdosiga qöyilgan boşlanğiç narxi qat'iy saqlangan holda umumiy tartibda realizatsiya qiliş masalasi körib çiqilmoqda.

Ya'ni uşbu toifadagi raqamlar narxi 6 oy davomida sotilmagan taqdirda özgarişsiz qoladi va boşlanğiç narxida xarid qiliş imkoniyati paydo böladi.

Qolaversa, auksionga qöyiladigan davlat raqamlarining xaridorgir harf va raqam kombinatsiyasiga ega bölganlarini (misol uçun: 777 ZZZ, V 888 VV, O 001 OO, 007 OOZ) töğridan-töğri buyurtma asosida tanlab oliş huquqini beriş taklif etilmoqda.

Unga köra:

I-toifa uçun – Toşkent şahrida bazaviy hisoblaş miqdorining 1 000 baravari (223 mln söm), Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda – 500 baravari (111 mln söm); 

II-toifa uçun – Toşkent şahrida bazaviy hisoblaş miqdorining 700 baravari (156 mln söm), Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda – 300 baravari (66 mln söm); 

III-toifa uçun – Toşkent şahrida bazaviy hisoblaş miqdorining 500  baravari (111 mln  söm), Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda – 200 baravari (44 mln söm).

I–III toifalarga kirmagan davlat raqamlariga buyurtma beriş uçun barça hududlarda bazaviy hisoblaş miqdorining amalda bölgan 150 baravari (33 mln söm) etib qat'iy belgilanadi.

Bugungi kunda davlat raqamlarida xohlagan harflarni tanlaş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravari tölanadi, lekin uşbu harflarga auksiondagi raqamlarni qöllaş mumkin emas.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari haqida»gi №PQ–3127-sonli qarorining 12-bandiga köra, 2017 yilning 1 sentyabridan avtotransport vositalarining qayd etiş davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga köra tölovlarning yuqoriroq stavkasi böyiça tanlab oliş, jumladan, ularni kimoşdi savdosi (auksion) orqali xarid qiliş tartibi örnatilgan.

Keyinroq oşiriladigan tölov stavkalari böyiça beriladigan avtoraqamlar röyxati yangilanişi e'lon qilingan edi.

Ötgan, 2019 yilda avtoraqam.uzex.uz veb-sayti orqali sotilgan «çiroyli» raqamlar savdosining umumiy summasi 156,1 milliard sömga teng bölgani, tuzilgan bitta bitimning örtaça narxi 4,3 million sömni taşkil etgani xabar qilingan edi.