Ozarboyjon hukumati mamlakatdagi alohida karantin rejimini 1 iyulgaça uzaytirdi. Bu haqda vazirlar mahkamasi huzuridagi tezkor ştab ma'lum qildi.
"Ozarboyjondagi sanitar-epidemiologik vaziyatni tahlil qilib va keyingi kunlarda kasallik yuqtirişlar soni ösişini inobatga olib, alohida karantin rejimini 2020 yilning 1 iyuligaça uzaytirişga qaror qilindi", - deyiladi ştab xabarida.
Avvalroq mamlakatda 15 iyungaça alohida karantin rejimi joriy etilgandi. Bundan taşqari, 14 iyundan 16 iyungaça poytaxt Boku va yana töqqizta şahar hamda regionda qat'iy karantin rejimi örnatiladi.
Hukumat şuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatga kiriş va çiqişga qöyilgan çeklovlarni ham 1 iyulgaça uzaytirdi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Ozarboyjonda koronavirus yuqtirganlar soni 8200ga yaqinlaşgan, 98 kişi vafot etgan.













