YeOII Qozoğiston bilan çegarada töplanib qolgan yuzlab Qirğiziston yuk maşinalari bilan boğliq vaziyatda hakamlik qilişi lozim. Agarda muammo hal bölmasa, Bişkek Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasidagi (YeOIK) vakillarini çaqirib olişga va hatto YeOIIda iştirok etişini savol ostiga qöyişga ham tayyor. Mamlakat iqtisodiyoti vaziri Sanjar Mukanbetov xalqaro işlar böyiça parlament qömitasi yiğilişida ana şunday bayonot berdi.
Qayd etilişiça, Qirğiziston hozirça YeOII kelişuvlariga amal qilişda davom etadi, ammo agar muammo yaqin vaqt içida ittifoq a'zolari iştirokida hal qilinmasa, Qirğiziston YeOIKdagi vazirlarini çaqirib oladi.
«Qirğizistonning muammosini hal qilmasdan YeOIIda bölişdan ma'no yöq. Barça tovarlar Qozoğiston bilan çegarada tösib qöyilgan, YeOIKga bir neça marta murojaat qilindi, ammo komissiya Qozoğiston tarafini oldi. Bu safar ham ana şunday qaror qabul qilinadigan bölsa, bu Qirğizistonning YeOIIga a'zoligini savol ostiga qöyadi», – degan mamlakat iqtisodiyot vazirligidagi manba «Interfaks-Zapad» agentligiga bergan intervyusida.
Qirğizistonning asosiy e'tiroziga köra, Qozoğiston Xitoy kontrabandasidan himoya bahonasida YeOII içida tösiq yaratib, çegarada tirbandlik paydo qilgan.
Agentlikdagi manbaning sözlariga köra, paydo bölgan inqiroz «mintaqadagi integratsion jarayonlarning lokomotivi bölgan Rossiyaning nufuziga zarba böladi».
Avvalroq Qozoğiston Jogorku Keneşining xalqaro işlar, mudofaa va xavfsizlik böyiça qömitasi YeOII böyiça masalalar muhokamasini kun tartibidan çiqarib taşlagani xabar qilingandi.
6 iyun kuni Qirğiziston taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati «Aktilek – avtodorojniy» nazorat-ötkaziş punktida 500dan ortiq yuk maşinalaridan iborat sakkiz kilometrlik tirbandlik paydo bölgani haqida ma'lum qilgan.
Öz navbatida, Qozoğiston öz bozorini Xitoy mahsulotlari kontrabandasidan himoya qilayotganligini ta'kidlamoqda. 8 iyun kuni Qozoğiston moliya vazirligi Qirğizistonni yirik hajmdagi soxta tranzitlar va öz eksportining haqiqiy hajmini yaşirişda ayblagan.
Eslatib ötamiz, may oyi örtalarida senatorlar Özbekiston Respublikasining YeOIIda «kuzatuvçi davlat» maqomida iştirok etiş taklifini ma'qullagandi.












