O‘zbekiston | 12:36 / 11.05.2020
22237
4 daqiqa o‘qiladi

Senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etish taklifini ma'qulladi

Jamshid Qo‘chqorov: «YeOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilish O‘zbekistondagi islohotlarga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi»

Foto: Artem Korotayev/TASS

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatidagi ishtiroki mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga qanday ta'sir ko‘rsatishi haqidagi savolga javob berdi.

“Bu o‘rinli savol. Shuni ishontirib aytish mumkinki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga salbiy ta'siri yo‘q. Chunki birinchi navbatda o‘zingiz ham ko‘rib chiqayotgan qaror loyihasida O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikda kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqchi. O‘zbekiston mana shu ittifoqning hamma ishchi organlarida ishtirok etishda bemalol fikr bildirish huquqiga ega bo‘ladi. Qaror qabul qilish jarayoni bundan mustasno. Ochiq hujjat bo‘ladigan bo‘lsa, hammasi bilan tanishish imkoniyatiga ega. 

Buning islohotlarga nima ahamiyati bor demoqchi bo‘lsak, shuni aytishimiz kerakki, ko‘plab islohotlarni ma'lum ma'noda shu mamlakatlardan orqada qolgan holda [amalga oshiryapmiz]. Ular ko‘p islohotlarni avvalroq qilgan. Davlatimiz rahbari ham aytib o‘tganlar, biz ko‘p vaqt yo‘qotib qo‘ydik. Shuning uchun o‘rganishimiz ham mumkin.

Ikkinchi tomondan qaraydigan bo‘lsak, ya'ni ertaga to‘laqonli a'zo bo‘lsak, mana shu islohotlarga ta'siri bo‘ladimi, deb aytadigan bo‘lsak, yo‘q. Bu ham qaytanga raqobatni kuchaytiradi. Biz ma'lum bir bozorlarda o‘z o‘rnimizni topishga majburmiz. Buning bitta-yu bitta yo‘li – iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatdoshligini ta'minlash. Shuning uchun biror bir islohotlar uchun salbiy tomonlarini ko‘rmayapmiz. Buni ko‘plab ekspertlar aytyapti”, - dedi Jamshid Qo‘chqorov.

U investitsion loyihalar bo‘yicha tadbirlar salbiy ta'sir ostida qolmasligi uchun amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirdi.

“O‘zbekistonda ko‘plab investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Investitsiya loyihalari jarayonlarida bir qator bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar belgilangan va h.k. Bu tadbirlar salbiy ta'sir ostiga tushmasligi uchun tarmoqlar bo‘yicha bo‘linib, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrgacha “otsrochkalar” olamizki, agar vaqti kelib a'zo bo‘ladigan bo‘lsak, bu davr ichida biz tegishli tarmoqlarni raqobatdoshligini oshirib, oyoqqa qo‘yib olamiz. Mana shular hisobiga qarab gapiradigan bo‘lsak, xavf-xatarga o‘rin yo‘q”, - dedi Qo‘chqorov.

Qizg‘in va ochiq munozara yakunida senatorlar O‘zbekiston Respublikasining YeOIIda “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etish taklifini ma'qullashdi.

Mazkur masala bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 