Unda Markaziy bank raisining örinbosari Behzod Hamroyev asosiy stavkaning tuşirilişi yoki öz miqdorida uşlab turilişining valuta kursiga ta'siri haqidagi savolga javob berdi.
“Eng muhim makroiqtisodiy körsatkiç – inflatsiya pasayadigan bölsa, uning boşqa körsatkiçlarga ta'siri ham pasayadi. Biz foiz stavkalarini nima uçun tuşirişga harakat qilamiz, çunki mamlakatda narxlar barqarorligi ta'minlanadi. Inflatsiya pasayib borayotgan bölsa, öz-özidan foizlar ham pasayişi kerak. Ya'ni asosiy foiz stavka pasayib boradi.
Valuta kursi köproq içki va taşqi omillarga boğliq, ya'ni uning talabi bilan taklifi. Agar bozorda valuta talabi bilan taklifi örtasida nomutanosiblik bölsa, kurs özgarişi mumkin. Ikkita omil mutanosib bölsa, kurs özgarmasdan qolişi mumkin. Içki omillar avvalo inflatsiyaga borib taqaladi. Agar mamlakatda inflatsiya pasayib boradigan bölsa, talab omillariga ham ijobiy ta'sir körsatadi va kursga oşiruvçi ta'sir körsatmasligi mumkin. Lekin almaşuv kursi içki omillardan taşqari taşqi omillarga ham boğliq: taşqi bozorlar, asosiy savdo hamkorlarimizning iqtisodiyotida bölayotgan özgarişlar. Bu özgarişlarni oldindan aytib baholaş imkoniyati yöq.
Bugungi kunda Markaziy bankning pul-kredit siyosati, makroprudensial siyosati böyiça mavjud instrumentlari har qanday xatarning oldini olişga yetadi. Agar foizlar yoki boşqalar böyiça xatar köradigan bölsak, har bir xatarning oldini olib, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaşga erişamiz”, - dedi Behzod Hamroyev.












