Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi ma'lumotlariga köra, Navoiy viloyati böyiça koronavirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar umumiy röyxatda 260 nafar ekanligi qayd etilgan.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga köra, ayni paytda koronavirusga çalingan 110 nafar bemorlar Zarafşon şahar yuqumli kasalliklar şifoxonasida, NKMK Markaziy kon boşqarmasiga qaraşli 3 - sonli TSQ “Terapiya” bölimida hamda Konimex tibbiyot birlaşmasiga qaraşli yuqumli kasalliklar şifoxonalarida davolanmoqda.

Bugun Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan yangi kasallaniş holatlarining 18 nafari — Navoiy viloyatidan ekanligi böyiça ma'lumot berildi. Uşbu bemorlarning 17 nafari Zarafşon şahridan hamda 1 nafari Uçquduq tumanidan ekanligi ma'lum böldi. 

Hozirda uşbu bemorlar bilan muloqotda bölgan fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan, deyiladi xabarda.