Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, umumiy kasallaniş körsatkiçi oşgan, aholi orasida koronavirusga çaliniş holati esa birmunça kamaygan.
12 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlaniş holatlari hududlar kesimida körilsa, Toşkent şahrida 14 nafar, Buxoro va Toşkent viloyatlarida 5 nafardan, Samarqand viloyatida esa 2 nafarni taşkil etmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyatining Şofirkon, Jondor va Vobkent tumanlarida yaşovçi fuqarolarda hamda Samarqand viloyati Urgut tumanida yaşovçi 2 nafar fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangani haqida avval xabar bergan edik.
Bundan taşqari, Toşkent şahri quriliş obekti işçisida va quriliş obektiga işga kiriş uçun tahlil topşirgan fuqaroda, Yunusobod tumanida yaşovçi fuqaroda (tana harorati kötarilgan, uy şaroitida davolangan, söngra şifoxonaga borib tahlil topşirgan), uşbu tumanda yaşovçi yana bir fuqaro (tana harorati kötarilayotganligi sababli tahlil topşirgan), Zangiota tumanida yaşovçi fuqaroda (sanatoriyda yotiş uçun tahlil topşirgan) koronavirus aniqlangan. Ayni paytda uşbu holatlar yuzasidan epidemiologik suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Guvohi bölganingizdek, qayerda va kimdan kasallikni yuqtirib olganidan bexabar fuqarolarimiz tahlil topşirganlarida koronavirusga çalinganliklarini bilişmoqda. Xorijdan kelgan fuqarolarimiz karantinga olingani bois, ulardan kasallikning tarqaliş xavfi past.
Lekin yurtimizda kasallikni qayerdan yuqtirib olganini bilmasdan yurganlardan kasallik tarqaliş xavfi öta yuqori.
Şu bois, Soğliqni saqlaş vazirligi aholini ogohlantirişda davom etadi: karantin va sanitariya talablariga töliq rioya eting, zaruratsiz köçaga çiqmang, ijtimoiy masofa saqlaş, qöllarni yaxşilab qayta-qayta yuviş, köçaga çiqqanda niqob taqiş kabi qoidalarga qat'iy rioya etişni aslo unutmang”, - deyiladi xabarda.













