https://ok.ru/videoembed/1538362575551

«Bu yilgi maktab bitiruvçilarining qariyb 42 mingga yaqini hali pasport olmagan. Ular pasport oliş yoşiga yetgan, lekin hali pasport olmagan. Bundan taşqari, 359 nafar yoşlar test ötkaziş jarayoniga qadar pasport oliş yoşiga yetmaydi.

Biz pasport oliş yoşiga yetgan bitiruvçilarning ota-onalaridan pasport olişni tezlaştirişni söragan bölar edik. Çunki pasport olgan abituriyentning ma'lumotlari Içki işlar vazirligi tizimiga kiritiladi va bu baza Davlat test markazi bazasi bilan birlaştiriladi. Buning bilan onlayn hujjat topşirişda muammo bölmaydi», dedi Behzod Musayev.

Uning ta'kidlaşiça, 148 nafar bitiruvçi fuqaroligi bölmagan şaxslar sanaladi. 1095 nafar bölajak abituriyent esa xorijlik fuqarolardir. Ularning onlayn hujjat topşirişi muammolari ustida iş olib borilmoqda.

«Bu muammoni hal qiliş uçun IIV, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamkorlikda oliy ta'lim muassasalariga öqişga hujjat topşirmoqçi bölgan, lekin pasport yoşiga yetmagan yoki fuqaroligi bölmagan şaxslarga maxsus seriya, raqam va şaxsiy identifikatsion raqam biriktirilgan ma'lumotnoma beriş ustida işlamoqda. Uşbu ma'lumotnomadagi körsatkiçlarni Davlat test markazi bazasiga biriktirib beriş ustida işlaşga harakat qilinyapti. Bunda fuqaroligi bölmagan şaxs diplom yoki şahodatnoma bilan qaysi oliygohga kiriş niyati borligidan qat'i nazar, öziga yaqin hududdagi oliygohga murojaat qiladi», dedi boş vazir örinbosari.

Bundan taşqari, 2020 yil iyun-iyul oyiga qadar 16 yoşga tölmagan maktab, litsey, kollej bitiruvçilari tuğilganlik guvohnomasi va diplom yoki şahodatnoma bilan yaşaş hududiga yaqin oliygohga murojaat qiladi. Ma'lumotlar oliy ta'lim muassasasi tomonidan DTM bazasiga kiritiladi.

Ma'lumot uçun, 2020 yilda respublika miqyosida umumta'lim maktablarini 490 mingga yaqin öquvçi 9-sinfni, 451,3 mingdan ziyod öquvçi 11-sinfni bitirdi.