Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 33 nafar, jami 42 nafar bemor soğaydi.
Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 8 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 55 yoşda, yoşi kiçigi 2017 yil tuğilgan. Hududlar kesimida olinsa, soğaygan bemorlarning 5 nafari toşkentlik, 2 nafari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan, 1 nafari Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanidan, yana bir nafari esa Samarqand viloyati Qöşrobot tumanidan.
Navoiy viloyatidan tuzalganlarning 25 nafari erkak, 8 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 50 yoşda, yoşi kiçigi 2013 yil tuğilgan. Hududlar kesimida olinsa, 31 nafari viloyatning özidan, 2 nafari esa Namangan viloyatidan.
Endilikda Toşkent şahridan koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 1939 nafarga yetdi. Navoiy viloyatida esa uşbu körsatkiç 214 nafarni taşkil qilmoqda.
Şu vaqtgaça Özbekistonda jami 3985 kişi kasallikdan tuzalib çiqqan.












