Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Çilonzor tumani IIO FMB xodimlari Yunusobod tumanida fuqaroni içki işlar organlariga yetkaziş uçun xizmat avtomobiliga ötqizişga harakat qilişayotgani tuşirilgan. Fuqaro esa qarşilik körsatib, advokat taklif etilişini talab qilgan. 

Şu bilan birga, videoning matnida boşqa fuqarolar ham qayd etilgan bölib, ulardan biri ilgari mol sotib oliş uçun undan pul olgan va molni ham, pulni ham qaytarib bermagan şaxsga nisbatan çora körişni sörab içki işlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

IIBBning mazkur fakt böyiça ma'lum qilişiça, joriy yil 28 may kuni Çilonzor tumani IIO FMBga kelib tuşgan arizada, I.M. mol sotib olişni bahona qilib undan katta miqdorda pul olgan, ammo va'dasida turmasdan, pulni ham qaytarib bermagan şaxslarga nisbatan çora körişni söragan.

Şu munosabat bilan kelib tuşgan ariza böyiça tekşiruv ötkaziş maqsadida Yunusobod tumanida yaşovçi D.I.ga joriy yilning 10 iyun kuni Çilonzor tumani IIO FMBga 11 iyun kuni yetib keliş haqida çaqiriqnoma berildi. Çaqiriqnoma beriş vaqtida unga çaqiruv sababi ham tuşuntirilgan.

“D.I. Çilonzor tumani IIO FMBga çaqiruvni mensimaganligi sababli, Çilonzor tumani IIO FMB 1-son içki işlar bölimi xodimlari D.I.ning turar joyiga borib, uni içki işlar organlariga yetkazişga majbur bölişgan”, - deyiladi ma'lumotda.

Hozirgi vaqtda töplangan ma'lumotlar dastlabki tergov organlariga qonuniy çora körilişi uçun yönaltirilgan.

Qayd etilişiça, D.I.ni qölga oliş çoralari körilmoqda.