“Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi Qonuniga qöşimça kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qonun loyihasi prezidentning 2019 yil 30 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmoğida islohotlarni çuqurlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4554-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan.

Özbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida”gi 265-I-sonli Qonuniga qöşimça kiritiladi.

Unga köra, tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatidagi çeklovlar aniq belgilanadi.

Tibbiy muassasalar rahbarlari va tibbiyot xodimlariga quyidagilar ta'qiqlanadi:

dori vositalarining savdo nomidan foydalaniş huquqiga ega bölgan, dori vositalarini işlab çiqariş va (yoki) sotiş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilişni amalga oşiruvçi taşkilotlar, dorixonalar, ularning filiallaridan hamda ularning nomidan faoliyat yurituvçi vakillar yoki boşqa jismoniy va yuridik şaxslardan moliyaviy mukofotlar, moddiy va nomoddiy körinişdagi har qanday rağbatlar oliş;

farmatsevtika taşkilotlari hisobidan amalga oşiriladigan köngiloçar tadbirlarda iştirok etiş yoki sayohat qiliş;

farmatsevtika taşkilotlari, dorixonalar va ularning vakillari bilan dori vositalarini tayinlaş yoki bemorlarga tavsiyalar beriş böyiça şartnomalar tuziş;

farmatsevtika taşkilotlari va ularning vakillaridan dori vositalari namunalari va tibbiy buyumlarni oliş, şuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlarni bemorlarga va tibbiy muassasaga taşrif qiluvçilarga beriş;

dori vositalarini tayinlaşda uşbu dori vositalari töğrisida bemorlarga noaniq va (yoki) töliq bölmagan ma'lumotlar beriş, şuningdek tayinlanayotgan dori vositalari analoglarining muomalada mavjudligi haqidagi ma'lumotlarni yaşiriş;

farmatsevtika taşkilotlari vakillari bilan tibbiy muassasa hududida, şuningdek kasbiy faoliyatini amalga oşirişda uçraşiş;

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanmagan retsept blankalarida retsept yoziş va beriş.

Hujjatda qöşimça qilingan tuşuntiriş xatida aytilişiça, taklif etilayotgan qöşimçani kiritiş şifokorlar tomonidan dori vositalarini nooqilona tayinlaş hamda manfaatlar töqnaşuvi va korrupsiya holatlarining oldini olişga hamda şifokorlar va farmatsevtlar tomonidan dori vositalarini töğri tayinlaş va qöllaş qoidalariga rioya etilişini ta'minlanişiga olib keladi.