Singapur ötgan yilgi reytingda ham birinçi örinni egallagan. Şuningdek, yetakçi beştalikka Daniya, Şveytsariya, Niderlandiya va Hongkong kirgan. 

Bundan taşqari, yetakçi öntalikdan Şvetsiya, Norvegiya, Kanada, BAA va AQŞ joy olgan. Xitoy 20-örinni egallagan.

14-örinni soliq imtiyozlari mavjudligi sababli köplab kompaniyalar tomonidan röyxatdan ötiş joyi sifatida qöllanuvçi Lyuksemburg, 17-örinni Germaniya, 19-örinni Britaniya egallagan.  

Şuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan 63 ta davlatdan iborat röyxatga faqat Qozoğiston kiritilgan bölib, u 42-örinni egallagan.   

Reyting mualliflari uni tuzişda 4 ta asosiy körsatkiçga asoslanişgan: iqtisodiyotning holati, hukumatning samaradorligi, biznesning samaradorligi va infratuzilmaning holati. Ular bunda mahalliy va xalqaro statistik ma'lumotlardan foydalanişgan va turli sohalarda faoliyat yurituvçi kompaniyalar rahbarlari örtasida sörovnoma ötkazişgan.

Tadqiqotning asosiy qismi pandemiya boşlangungaça ötkazilgan. Biroq mualliflarning ta'kidlaşiça, reyting yetakçilari koronavirusga qarşi kuraşda ham samaradorlik va qayişqoqlik namoyiş qilişgan.