“Hukumat bugungi kundan [16 iyundan] soğliqni saqlaş milliy xizmatiga dunyoda koronavirusdan birinçi dorini qöllaşga ruxsat berdi. Uşbu dorining hukumat tomonidan moliyalaştirilgan sinovlari u kislorod bilan davolaniş talab etilgan bemorlar orasida ölim xavfini sezilarli kamaytirişini namoyiş qildi. Hukumat uşbu dorini qöllaş imkoni soğliqni saqlaş milliy xizmatining barça muassasalarida va butun Britaniyada mavjud bölişi uçun barça işni qilmoqda”, deyilgan Britaniya soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.
Yalliğlanişga qarşi dori vositasi hisoblangan deksametazon 60 yildan köproq vaqtdan beri ma'lum va Oksfordda ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, u öpkani sun'iy şamollatiş qurilmalariga ulangan bemorlar ölimi xavfini 35 foizga, kilorod bilan davolaşda bölgan bemorlar ölimi xavfini esa 20 foizga kamaytiradi. Sinovlar vaqtida uşbu dorini 2104 bemor 10 kun davomida 6 mg.dan qabul qilgan.
Britaniya boş vaziri Boris Jonson 16 iyundagi brifingda deksametazon bilan ötkazilgan tadqiqot natijalarini “ayni vaqtda koronavirusga qarşi eng yirik ilgarilaş” deb atagan.













